USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Samarqandda fuqaro hovlisidan bronza davriga oid qabr çiqdi

124 марта
Самарқандда фуқаро ҳовлисидан бронза даврига оид қабр чиқди

Samarqand viloyati Payariq tumanida uy-joy hududida olib borilgan qaziş işlari vaqtida bronza davriga tegişli deb taxmin qilinayotgan qabr va turli arxeologik buyumlar topildi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Qayd etilişiça, qabr va turli arxeologik buyumlar topildi Darvozağaza qişloğida topilgan. Qaziş davomida inson suyaklari bilan birga bronza bilakuzuklar, taqinçoqlar va mayda munçoqlar aniqlangan.

Topilmalar aniqlangaç, fuqaro bu haqda Yahyo Ğulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutiga xabar bergan. Şundan söng, mutaxassislar voqea joyiga borib, aniqlangan aşyolarni közdan keçirgan.

Arxeologik buyumlar hamda inson suyak qoldiqlari belgilangan tartibda hujjatlaştirilib, keyingi ilmiy tadqiqotlar uçun institut tomonidan qabul qilib olingan.

Samarqand arxeologiya instituti direktori Möminxon Saidovning bildirişiça, dastlab örganilgan bronza bilakuzuklarning ayrimlari konussimon uçlari va spiralsimon naqşlari bilan ajralib turadi. Uşbu xususiyatlar ularni bronza davrining sönggi bosqiçida daşt hududlarida yaşagan çorvador qabilalar qoldirgan buyumlar bilan öxşaşligini körsatmoqda.

Zarafşon vodiysidagi boşqa qadimiy manzilgoh va qabristonlardan ham şu davrga tegişli hamda daşt çorvadorlari madaniyati bilan boğliq aşyolar topilgan.

Mutaxassislar bunday yodgorliklarni, odatda, miloddan avvalgi XIII–X asrlarga mansub deb hisoblaydi. Ular Andronovo–Tozaboğyob madaniy doirasi bilan boğlanadi.

Şu bilan birga, Darvozağazadagi yangi topilmaning qaysi davrga aniq tegişli ekani va uning madaniy mansubligi hozirça yakuniy tasdiqlanmagan.

Uning tarixini aniqlaş uçun qöşimça arxeologik qazişmalar ötkaziş, inson qoldiqlarini antropologik jihatdan tekşiriş hamda bronza buyumlarini laboratoriyada tahlil qiliş rejalaştirilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Qörğontepa yodgorligida olib borilgan arxeologik qazişmalar vaqtida ilk asrlarga oid gips haykalning boş qismi topilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: