Qörğontepada qadimiy Söğd sanatiga oid noyob topilma aniqlandi
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Qörğontepa yodgorligida olib borilgan arxeologik qazişmalar vaqtida ilk asrlarga oid gips haykalning boş qismi topildi. Bu haqda bugun, 12 sentyabr kuni Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, topilma Samarqand arxeologiya instituti xodimlari Alişer Sandiboyev, Amriddin Berdimurodov, Navröz Olimov va Sanat Xöjamovlar iştirokida olib borilgan tadqiqotlar davomida aniqlangan.
(2).png)
Haykalning boş qismi ilk asrlarga oid ibodatxona qoldiqlari orasidan topilgan. Mutaxassislarning aytişiça, mazkur topilma Qörğontepa ibodatxonasining diniy-badiiy bezagi hamda öşa davr sanatini örganişda muhim ilmiy ahamiyatga ega. Haykalning yuz tuzilişi, soç turmagi va boşqa ikonografik xususiyatlari qadimgi Söğd sanatining öziga xos jihatlarini örganişda qimmatli manba bölib xizmat qilişi mumkin.
Qayd etilişiça, qazişmalar davomida aniqlangan xonalar qoldiqlari va boşqa arxeologik topilmalar ibodatxonaning içki tuzilişi va vazifasi, şuningdek, bu yerda ötkazilgan diniy marosimlar haqida yangi malumotlar oliş imkonini bermoqda.
Madaniy meros agentligi direktorining birinçi örinbosari Elmurod Najimovning sözlariga köra, bunday topilmalar Özbekistonning arxeologik salohiyati naqadar boy ekanini yana bir bor körsatadi.
.png)
Uning qayd etişiça, 2027 yildan boşlab har yili arxeologik tadqiqotlar, avvalo, yoş arxeologlarning loyihalarini qöllab-quvvatlaş uçun 25 milliard söm miqdorida grantlar ajratiladi. Bu mablağlar iqtidorli mutaxassislarga tölaqonli arxeologik qazişmalar olib boriş, zamonaviy ilmiy usullardan foydalaniş va yangi kaşfiyotlarni amalga oşiriş imkonini beradi.
Malumot uçun, 2024 yilda Qörğontepadagi mazkur ibodatxona qoldiqlari orasidan tört qölli mabud tasviri aks ettirilgan devoriy rangtasvir, şuningdek, sopol haykalga oid qöl va oyoq qismlari ham topilgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryodagi Ozod yodgorligida miloddan avvalgi 1700–1500-yillarga oid Sopolli madaniyatiga xos qabriston topilgani haqida xabar berilgan edi.