USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston – Koreya şerikligini mustahkamlovçi hujjatlar imzolandi

54 марта
Ўзбекистон – Корея шериклигини мустаҳкамловчи ҳужжатлар имзоланди

Bugun, 14 sentyabr kuni Seul şahrida ötkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Çje Myon huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almaşiş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, töplamdan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, gumanitar va boşqa sohalardagi şeriklikni yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşga qaratilgan şartnoma va bitimlar örin olgan.

Bular – transport, aviatsiya, qişloq xöjaligi, turizm, suniy intellekt, texnik kömak, oliy, maktab va maktabgaça talim, tibbiy mahsulotlarni tartibga soliş, atrof-muhitni muhofaza qiliş, iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş, intellektual mulkni himoya qiliş, arxiv işi va boşqa sohalardagi hamkorlikka oid hujjatlar.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohligida davlat taşrifi bilan Seul şahriga borgani haqida xabar berilgan edi. Şavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan özbekistonliklar kutib oldi. Özbekiston yetakçisining Koreya Respublikasiga davlat taşrifi doirasidagi tadbirlar yurt ozodligi va mustaqilligi yölida jon fido qilgan vatanparvarlar xotirasiga ehtirom körsatişdan boşlandi. Keyinroq Şavkat Mirziyoyev Seul şahrida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Çje Myon bilan tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar azolari iştirokida muzokara ötkazdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: