Birorta ğöddaygan boyvaçça paydo bölsa, keçirmayman – Prezident
Har bir tadbirkor va kompaniya oldin Özbekiston xaritasini biladi, lekin u yerda jinoyatçilikni jilovlaşga erişilgan-erişilmaganini ham inobatga oladi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 11 sentyabr kuni Toşkent şahri tumanlarini rivojlantiriş, investitsiya va bandlikni oşiriş, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratiş masalalari böyiça videoselektor yiğilişida söz oçdi.
Prezident yiğilişda huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbarlariga murojaat qilgan.
“Jinoyatni jilovlamagunimizça işning barakasi bölmaydi, tadbirkor kelmaydi. Mana şuni bilinglar. Har bir tadbirkor, kompaniya oldin Özbekistonning xaritasini biladi, lekin jinoyati jilovlanganmi, yöqmi hisobga oladi. Şuning uçun, sen Içki işlar vaziri hammaga namuna bölişing kerak. Hammalaring şuni bilinglar, kiçkina iş qilmayapsizlar”, deydi Şavkat Mirziyoyev.
Şuningdek, Prezident Özbekistondagi tinçlikka şukronalik bildiriş keraklgini, lekin şu bilan birga ikki karra köp işlaş zarurligini ham aytgan.
“Vaqtinça iş qilaman deb öylamanglar. Bitta narsani bilinglar, şukronalar deyişimiz kerak bu tinçlikka. Lekin xalqimiz tinç yaşaşi uçun ikki karra köp işlaşimiz kerak. Odamlar tinç, bemalol uyida, emin-erkin, heç kimdan qörqmasdan yaşaşi kerak”, deydi Özbekiston yetakçisi.
Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda birdamlik, hamjihatlik bölişi zarurligini qayd etgan.
“Birorta ğöddaygan boyvaçça paydo bölsa, birortangni keçirmayman. Mana şuni bilgin hammang. Davlat bölişi kerak. Ana şunda bizda birdamlik böladi, hamjihatlik böladi, odamlar bizga işonadi”, deydi Prezident.
Eslatib ötamiz, 2025 yilning dekabr oyi oxirida Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga yöllayotgan murojaatnomasida Özbekistonning jinoiy tödalar faoliyatiga çek qöyişga kuç-qudrati yetişini va buni albatta qilişini aytgan edi.