Toşkentdagi 400 ta mahalla obodligi uçun 10 trln söm ajratiladi
Toşkent şahridagi 400 ta mahallani “Qiçqiriq” namunasi asosida obod qiliş böyiça 4 yillik, 10 trillion sömlik dastur işlab çiqiladi. Bu haqda bugun, 11 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilayotgan Toşkent şahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, investitsiya va bandlikni oşiriş, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratiş masalalari böyiça videoselektor yiğilişida söz bordi.
Qayd etilişiça, yiğilişda Olmazor tumanida mahalla va köçalarni kompleks rivojlantiriş böyiça amalga oşirilgan işlarga alohida töxtalib ötilgan.
Yil boşidan tumandagi 9 ta köça biznes, aholi va sayyohlar uçun jozibador hududga aylantirilgan. Bu borada Qiçqiriq mahallasidagi özgarişlar yaxşi natija bergani qayd etilgan.
Ilgari infratuzilmasi yetarli bölmagan hududda qisqa vaqt içida 450 örinli boğça, sport maydonçalari, sayilgoh, amfiteatr, piyodalar yölagi va favvoralar barpo etilgan. Natijada 5,5 ming nafar aholi uçun yaşaş va dam oliş şaroiti sezilarli darajada yaxşilangan.
Uşbu tajribani kengaytirib, Olmazorda yana 8 ta köçada, poytaxtning qolgan 11 ta tumanida esa kamida 3-4 tadan köçada şu kabi işlar boşlanişi belgilangan.
Toşkent şahridagi 100 ta köçani kompleks yangilaş uçun 1 trillion söm ajratilgan. Şuningdek, 400 ta mahallani “Qiçqiriq” namunasi asosida obod qiliş böyiça 4 yillik, 10 trillion sömlik dastur işlab çiqiladi.
Har bir tumanda qaysi köça va mahallada, qaçon va qanday özgariş bölişi aniq belgilab olinib, mahalliy kengaşlarda muhokama qilinişi va aholiga oçiq elon qilinişi zarurligi takidlangan.
Poytaxtning tarixiy qismi – Eski şahar hududini kompleks rivojlantiriş masalasi ham muhokama qilingan.
Xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda 1 noyabrga qadar mazkur hududni rivojlantiriş böyiça yagona kontseptsiya va aniq loyihalar portfelini işlab çiqiş vazifasi qöyilgan.
Yiğilişda poytaxtdagi davlat idoralariga tegişli binolardan samarali foydalaniş masalasiga ham etibor qaratilgan. Bugun Toşkentda umumiy maydoni 765 ming kvadrat metr bölgan 497 ta mamuriy bino mavjud.
Davlat taşkilotlarini maqbul tarzda joylaştiriş, böş va samarasiz foydalanilayotgan maydonlarda savdo, servis, xususiy tibbiyot va talim xizmatlarini yölga qöyiş zarurligi qayd etilgan.
Masullarga davlat idoralari binolarini xatlovdan ötkazib, maqbul maydonlarni tadbirkorlarga kafolatli şartlarda uzoq muddatli ijaraga beriş böyiça amaliy işlarni taşkil etiş topşirilgan.