Xorijga çiqqan tadbirkor heç qaçon özini yolğiz his qilmasligi kerak – Prezident
Hozirgi vaziyatda xorijga çiqqan tadbirkor heç qaçon özini yolğiz his qilmasligi kerak. Bu haqda bugun, 18 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Xivada tadbirkorlar bilan ötkazilayotgan oçiq muloqotda söz oçdi.
“Bugun dunyoda bozor uçun kuraş kun sain kuçayib boryapti. Bunday vaziyatda xorijga çiqqan tadbirkor heç qaçon özini yolğiz his qilmasligi kerak”, deydi Prezident.
Yiğilişda elçilarga qayerda yangi imkoniyat va bozor bölsa, tadbirkorlarni birinçi bölib “qölidan uşlab” olib boriş vazifasi qöyilgan.
Eksportning 60 foizi töğri kelayotgan 20 ta davlat va istiqboli yuqori yana 5 ta davlatda “eksport elçilari” faoliyati yölga qöyiladi. Ularni öşa bozorga eng köp eksport qilayotgan tadbirkorlarning özi saylaydi.
“Eksport elçilari” savdo tarmoqlari, sertifikat va marketing masalalarida boşqa tadbirkorlarga kömaklaşadi. Ularning boriş-keliş va yaşaş xarajatlari qoplab beriladi.
Eksportda muddati ötgan qarzdorlik muammosi böyiça ham yangi yengilliklar beriladi. Yil yakunigaça qarzni qoplaş uçun bank hisobraqamiga valyuta qöyilsa, u eksport tuşumi sifatida qabul qilinadi.
Tovar uçun tölov kelmagan bölsa ham eksportga çeklov bekor qilinadi, invoysda 50 foiz oldindan tuşum talabi olib taşlanadi. Savdo uylari va distribyutorlar orqali eksportda valyuta tuşumini taminlaş muddati 180 kundan 365 kunga uzaytiriladi.