USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyada jazo ötayotgan özbekistonlik ayollarning farzandlari mamlakatga qaytarildi

228 марта
Россияда жазо ўтаётган ўзбекистонлик аёлларнинг фарзандлари мамлакатга қайтарилди

Rossiyaning Mordoviya muxtor Respublikasi va Samara viloyatidagi jazoni ijro etiş muassasalarida jazo ötayotgan Özbekiston fuqarosi bölgan ayollarning voyaga yetmagan farzandlari mamlakatga qaytarildi. Bu haqda Taşqi işlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev xabar qildi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasining Qozon şahridagi Boş konsulxonasi tomonidan uzoq vaqt davomida olib borilgan maqsadli muzokaralar natijasida Rossiyaning Volgaböyi federal okrugi hududidagi Mordoviya muxtor Respublikasi va Samara viloyatidagi jazoni ijro etiş muassasalarida jazo ötayotgan Özbekiston fuqarosi bölgan ayollarning voyaga yetmagan farzandlarini Vatanga qaytariş jarayoni muvaffaqiyatli yakunlangan.

Bildirilişiça, Özbekiston Respublikasining Qozon şahridagi Boş konsulxonasi diplomatlari tomonidan amalga oşirilgan konsullik-huquqiy tadbirlar doirasida voyaga yetmagan bolalarning Özbekiston fuqaroligiga mansubligi, mamlakatida qarindoşlari mavjudligi va ularni qaytariş uçun zarur bölgan boşqa masalalar örganib çiqilgan. Şuningdek, Rossiyaning vakolatli idoralariga tegişli hujjatlar taqdim etilib, zarur tartib-taomillar amalga oşirilgan.

Natijada Mordoviyadagi jazoni ijro etiş muassasasi hududida joylaşgan bolalar uyidan voyaga yetmagan bolalar Boş konsulxona diplomatlari hamda Özbekistondan safarbar etilgan Içki işlar vazirligi xodimlari hamrohligida eson-omon qabul qilib olingan va mamlakatga qaytariş jarayoni taminlangan.

“Boş konsulxona tomonidan Rossiya Federatsiyasidagi jazoni ijro etiş muassasalari hududida joylaşgan bolalar uylarida bölgan Özbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlarini repatriatsiya qiliş böyiça tadbirlar tizimli ravişda amalga oşirilmoqda. Uşbu say-harakatlar natijasida yoş fuqarolarimiz bosqiçma-bosqiç vatanga qaytarilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tataristondagi dronlar hujumi oqibatida jabrlangan sönggi Özbekiston fuqarosi vatanga olib kelingan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: