USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yangi Toşkentdagi aeroport sabab 7 ta qabriston köçiriladi

130 марта
Янги Тошкентдаги аэропорт сабаб 7 та қабристон кўчирилади

Toşkent viloyatidagi Yangi Toşkent xalqaro aeroporti quriladigan hududda joylaşgan 7 ta qabriston köçiriladi. Bu haqda viloyat hokimining joriy yil 15 sentyabrdagi “Yangi Toşkent xalqaro aeroporti” qurilişi hududida joylaşgan ayrim qabristonlarni köçiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida belgilangan.

Hujjatga köra, quyidagi faoliyati töxtatilgan qabristonlar köçiriladi:

Quyi Çirçiq tumani böyiça:

  • “Sergeli” MFY hududida joylaşgan “Sergeli bolalar” qabristoni;
  • “Sergeli” MFY hududida joylaşgan “Koreys” qabristoni.

Örta Çirçiq tumani böyiça:

  • “Yangiyöl” MFY hududida joylaşgan “Suvon bağiş” musulmon qabristoni;
  • “Yangiyöl” MFY hududida joylaşgan “Qudoyqul” musulmon qabristoni;
  • “Yangiyöl” MFY hududida joylaşgan “Qudoyqul” koreys qabristoni;
  • “Yangiyöl” MFY hududida joylaşgan “Sariktepa” koreys qabristoni;
  • “Yangiyöl” MFY hududida joylaşgan “Boris” rus xristian qabristoni.

Qayd etilişiça, Özbekiston musulmonlari idorasining 2026 yil 10 apreldagi 05-01/1143-sonli xulosasiga muvofiq, qabrlardagi marhumlar jasadlari tuproqqa aylanganligi ehtimoli mavjud bölgan hollarda uşbu hududlardan belgilangan tartibda foydalaniş mumkin. Quyi Çirçiq va Örta Çirçiq tumanlari Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimlarining ijobiy sanitariya xulosalari malumot uçun qabul qilingan.

Qarorga köra, qabrlar oçilganda aniqlangan suyak qoldiqlari ehtiyotkorlik va hurmat bilan yiğilib, belgilangan tartibda boşqa qabristonlarga qayta dafn etiladi. Şuningdek, qabristonlarni köçiriş işlari sanitariya-epidemiologiya, ekologik, arxitektura, diniy va jamoatçilik talablariga qatiy rioya qilingan holda amalga oşiriladi.

Yuqorida nomi keltirilgan qabristonlar quyidagi qabristonlarga köçiriladi:

Quyi Çirçiq tumani böyiça:

  • “Sergeli” MFYdagi “Şardara” qabristoni;
  • “Sergeli” MFYdagi rus-koreys qabristoni.

Örta Çirçiq tumani böyiça:

  • “Taraqqiyot” MFYdagi koreys qabristoni;
  • “Yangiyöl” MFYdagi “Zaynab ona” qabristoni.

Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi eksgumatsiya va qayta dafn qiliş işlarining sanitariya qoidalariga muvofiq amalga oşirilişi ustidan nazorat örnatadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: