USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Nukusdagi texnikum faoliyati bilan tanişdi

71 марта
Шавкат Мирзиёев Нукусдаги техникум фаолияти билан танишди

Bugun, 18 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Nukus şahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, mamlakatda kasbiy talim tizimi isloh qilinib, yoşlarni zamonaviy kasblarga öqitiş, içki va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoş mutaxassislar tayyorlaşga alohida etibor qaratilmoqda.

Davlat rahbarining joriy yil 17 iyuldagi “Respublikada xalqaro talim standartlari asosida örta maxsus, kasbiy va oliy talim dasturlarini joriy etişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq, mazkur texnikumda Buyuk Britaniyaning “Pearson BTEC” xalqaro talim dasturi joriy etilgan.

Dunyoning 70 ta mamlakatida qöllanilayotgan uşbu dastur Özbekistonda ilk bor mazkur texnikumda yölga qöyilgan. Uning asosiy xususiyati nazariy bilimlarni amaliy könikmalar bilan uyğunlaştiriş. Şu maqsadda talim standartlariga mos zamonaviy öquv ustaxonalari va raqamli laboratoriyalar taşkil etilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 11,9 milliard söm bölib, şundan 2 milliard söm hamkorlar tomonidan ajratilgan. Natijada 240 örinli zamonaviy ustaxonalar yaratilgan. Texnikumda jami 1 ming 203 nafar öquvçi talim olmoqda.

Muassasa 4 gektar maydonda joylaşgan bölib, bino va inşootlarining umumiy maydoni 4,6 ming kvadrat metrni taşkil etadi. Bu yerda dual talimni yölga qöyib, hudud iqtisodiyotining yetakçi tarmoqlari uçun mutaxassislar tayyorlaş közda tutilgan. Xalqaro dastur bitiruvçilariga 70 dan ortiq davlatda tan olinadigan diplom beriladi.

Xususiy hamkor Salovutdin Ilyosov iştirokida “spin-off” talim dasturi ham yölga qöyilgan. Uning doirasida 136 nafar öquvçi talab yuqori bölgan zamonaviy kasblarni egallamoqda. Asosiy fanlar ingliz tilida öqitilib, öquv-uslubiy materiallar ham şu tilda taqdim etilmoqda. Bu öquvçilarning kasbiy bilimlari bilan birga sohaviy til könikmalarini rivojlantirişga xizmat qiladi.

Amaliy tayyorgarlik natijasida bitiruvçilarning xorijda işlaş imkoniyatlari kengaymoqda. Joriy yilda texnikumda payvandçilik böyiça öqitilgan 25 nafar işsiz fuqaro Estoniyaga işga yuborilgan. Ular oyiga 3 ming yevrogaça iş haqi olmoqda.

Şuningdek, taşkil etilayotgan 40 million dollarlik sanoat zonasi uçun zarur mutaxassislarni mazkur texnikumda tayyorlaş böyiça kelişuvlarga erişilgan. Bu talimni işlab çiqariş bilan boğlaş va bitiruvçilar bandligini taminlaşga xizmat qiladi.

Davlat rahbari texnikumda yaratilgan şaroitlar bilan tanişgan. Xalqaro mehnat bozorida malakali kadrlarga talab ortib borayotgani qayd etilib, öquv jarayonlarini iş beruvçilar ehtiyojlariga muvofiq taşkil etiş böyiça körsatmalar berilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: