USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentda avtobus haydovçilari maoşi keçikayotganidan norozilik bildirdi

84 марта
Тошкентда автобус ҳайдовчилари маоши кечикаётганидан норозилик билдирди

Toşkentda avtobus haydovçilari oylik maoşlari vaqtida berilmayotgani va tölovlardagi noaniqliklar yuzasidan norozilik bildirdi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgaç, “Toşşahartransxizmat” AJ rasmiy munosabat bildirdi.

Malum qilinişiça, videomurojaatda haydovçilar tomonidan keltirilayotgan etirozlarni haqqoniy va töliq tekşiriş maqsadida “Toşşahartransxizmat” AJning masul xodimlaridan taşkil topgan maxsus işçi guruh tuzilgan. Mazkur işçi guruh tomonidan “18-avtobus saroyi” filialida tegişli örganiş va tekşiruv işlari olib borilgan.

Tekşiruv davomida haydovçilarning mehnat faoliyati, iş vaqti, bajargan qatnovlari, yönalişdagi harakatlari, sodir etilgan qoidabuzarliklar hamda ularga hisoblangan iş haqi bilan boğliq malumotlar atrofliça örganilgan.

Örganiş natijalariga köra, haydovçilarning iş haqi notöğri hisoblangani yoki ularga belgilangan tartibdan kam miqdorda oylik maoş tölangani holatlari aniqlanmagan.

Şuningdek, ayrim haydovçilarga iş faoliyati davomida yöl harakati va belgilangan tartib-qoidalarni buzganligi sababli tegişli tartibda jarimalar qöllanilgani aniqlangan. Mazkur jarimalar haydovçilarning iş haqi hisob-kitoblarida amaldagi tartib va belgilangan mezonlar asosida inobatga olingan.

Şu bilan birga, tekşiruv davomida videomurojaatda bildirilgan ayrim etirozlar iş haqi hisob-kitoblari bilan boğliq bölmagan holatlar ekani malum bölgan.

Qayd etilişiça, “Toşşahartransxizmat” AJning 8 ta avtobus saroyi filiallarida xizmat körsatuvçi avtobus haydovçilarining oylik maoşlari quyidagi tartibda hisoblanadi:

  • Işlangan oy tugagaç, keyingi oyning 1-sanasidan 10-sanasiga qadar haydovçilarning 1 oyda işlagan iş soati, bajargan qatnovlar soni, muntazamligi hisoblab tekşiriladi;
  • Keyin esa, haydovçining bir oy davomida yönalişda harakatlangan vaqtda sodir etgan qoidabuzarliklari tekşiriladi;

Barça malumotlar yiğilgandan söng, keyingi oyning 10-sanasidan oylik maoşining aniq hisobi çiqariladi. Şundan söng, belgilangan oylik maoşlari haydovçilarga tölana boşlaydi.

“Takidlaş kerakki, avgust oyi uçun hisoblangan oylik maoşlari barça haydovçilarga 15 sentyabr kunidan boşlab tölanişi boşlangan”, deyiladi munosabatda.

Biroq haydovçilar “Toşşahartransxizmat” AJning mazkur munosabatidan norozi ekanini bildirdi. Ularning aytişiça, tekşiruv jarayonida özlari iştirok etmagan va murojaatda kötarilgan masalalar böyiça fikrlari tinglanmagan.

“Biz ular bergan rasmiy munosabatdan norozimiz, çunki u yerda biz iştirok etmadik. Nima böldi, nima qöydi, biz bilmadik. Bizning masalamizni kim hal qiladi?” degan 18-avtobus saroyi haydovçilaridan biri.

Haydovçilar, şuningdek, ayrim xodimlarga iş haqi hisobidan turli summalarda pul berişga majbur bölayotgani haqidagi davolarini takrorlagan. Ularning takidlaşiça, bunday tölovlar amalga oşirilmasa, oylik maoşi sezilarli darajada kam çiqmoqda. Jumladan, haydovçi öziga hisoblangan 9 million 300 ming sömlik iş haqini misol qilib, “450 ming pul bermaganim uçun menga 9 million 300 ming söm oylik çiqibdi. Agar mana şu 450 ming pulni berganimda, menga 14-15 million oylik çiqardi”, degan.

Haydovçilar murojaatida 48-50 soatlab işlayotgani, buning böyiça putyovka va boşqa dalillari mavjudligini aytib, holatni özlari iştirokida qayta tekşirişni söragan. Ular 18-avtobus saroyidagi mehnat şaroitlari va iş haqi hisob-kitoblarini mustaqil tekşiriş, şuningdek, murojaatda tilga olingan xodimlarga nisbatan çora körişni talab qilgan.

“Biz qatnaşaylik, bizning dardimizni eşitsin. Ular qayerdan bilibdi nima demoqçiligimizni?” deya murojaat qilgan haydovçilardan biri.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: