USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkent osmonidagi yorqin obekt Xitoy raketasi bölişi mumkin

167 марта
Тошкент осмонидаги ёрқин объект Хитой ракетаси бўлиши мумкин

Keça, 19 sentyabr kuni keçki payt Toşkent şahri osmonida juda yorqin, ortidan uzun iz qoldirib harakatlangan obekt kuzatildi. Holat aks etgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgaç, Özbekiston Fanlar akademiyasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, Astronomiya instituti mutaxassislari tarqalgan foto va videomateriallarni tahlil qilgan. Obektning taşqi körinişi, harakat xususiyati va hosil qilgan izida meteor yoki bolidga xos belgilar mavjud emasligi aniqlangan. Mutaxassislarga köra, kuzatilgan manzara köproq raketa yoki uning yuqori bosqiçi bilan boğliq hodisaga öxşaydi.

“Hozirça eng katta moslik 19 sentyabr kuni Xitoyda amalga oşirilgan kosmik kema uçirilişiga töğri kelmoqda. 19 sentyabr kuni Xitoyning Tayyuan kosmodromidan Long Març-2D (Çang Zheng-2D) taşuvçi raketasi uçirildi. Raketa PIESAT-2 turkumidagi törtta suniy yöldoşni orbitaga muvaffaqiyatli olib çiqdi”, deyiladi xabarda.

Malum qilinişiça, dastlabki orbital hisob-kitoblar uçiriş vaqti, raketaning orbitasi hamda Toşkent osmonida hodisa kuzatilgan vaqt va yönaliş örtasida juda yaxşi moslik mavjudligini körsatmoqda. Şu sababli hozirgi bosqiçda eng ehtimolli tuşuntiriş – Toşkent osmonida kuzatilgan hodisa uşbu kosmik uçirişning raketa bosqiçi yoki undan keyingi orbital jarayonlardan biri bilan boğliq bölişi mumkin.

Biroq hozirça kuzatilgan obektni aynan Long Març-2D raketasining muayyan qismi deb qatiy identifikatsiya qilişga hali erta. Yangi uçirilgan obektlar böyiça xalqaro orbital kataloglarda zarur elementlar va hodisaga oid mustaqil identifikatsiya hali mavjud emas.

Mutaxassislarning dastlabki xulosasiga köra, Toşkent osmonida kuzatilgan yorqin hodisa meteor yoki bolidga xos emas.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: