Qöqonda oşxona 6 mlrd sömlik tabiiy gazni ömardi
Farğona viloyatining Qöqon şahrida 6 mlrd sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holati aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaminot“ AJ xabar berdi.
Qayd etilişiça, Farğona viloyati gaz taminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari va hamkor taşkilotlar iştirokida Qöqon şahrida ötkazilgan reyd vaqtida qonunbuziliş holati foş bölgan.
Şaharning “Qaymoqli guzar” mahallasida joylaşgan, fuqaro I. Z. ga qaraşli ovqatlaniş maskanida xatlov ötkazilganda, istemolçi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani malum bölgan. Holat böyiça dalolatnoma tuzilib, 6 milliard sömlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan.
Bildirilişiça, noqonuniy holat böyiça barça hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona tumanida ovqatlaniş maskani tabiiy gaz tarmoğiga noqonuniy ulangan holda gazdan foydalanib kelgani aniqlangan edi.