Avtomobil boşqargan maktab öquvçisining otasi jazolandi
Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan maktab öquvçisining avtomobil boşqarayotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farğona viloyati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, örganişlar davomida avtomobil boşqargan şaxs Söx tumanidagi 11-sonli umumtalim maktabining 5-sinf öquvçisi ekani aniqlangan. Transport vositasi esa uning otasiga tegişli bölgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan öquvçining otasiga nisbatan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 47-moddasi (bolalarni tarbiyalaş va ularga talim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) hamda 135-moddasi (yöl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bölmagan şaxslarning transport vositalarini boşqarişi) 2-qismi bilan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Şuningdek, ota bilan profilaktik suhbat ötkazilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Urganç şahrida 15 yaşar maktab öquvçisi VAZ-2107 avtomaşinasini katta tezlikda boşqarib, YPX xodimlarining töxtaş haqidagi talabiga böysunmagani haqida xabar berilgan edi.