Toşkentda narkotik tarqatgan “omborçi” va narkokurer uşlandi
Toşkent viloyati va Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida 2 kilogrammga yaqin “mefedron”, “Alfa-PVP” va “gaşiş” giyohvandlik vositalari aniqlanib, ularning noqonuniy tarqatilişiga çek qöyildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, “Qoradori-2026” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda hududiy bölinmalar xodimlari tomonidan Toşkent viloyatida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda 1965 va 1961 yillarda tuğilgan, avval Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) va 276-moddalari (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar) bilan sudlangan aka-ukalar narkojinoiy faoliyat bilan şuğullanib kelgani aniqlangan. Ulardan biri omborçi, ikkinçisi esa narkokurer bölib işlagani malum bölgan.
Aka-ukalar narko-dökon kuratorining topşiriğiga köra, özlari boşqaradigan Orlando avtomaşinasida Bektemir tumanidagi dala maydonida yaşirilgan 550 gramm “mefedron”ni olib ketayotgan vaqtida qölga olingan.
Şundan söng, tezkor tadbirlar Toşkent şahrining Yunusobod tumanida davom ettirilgan. U yerda 1992 yilda tuğilgan, avval Jinoyat kodeksining 276-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar) 2-qismi bilan sudlangan şaxsning avtomobili töxtatilib tekşirilganda, undan 202 gramm “mefedron” aniqlangan.
Uning yaşaş xonadondan esa giyohvandlik vositalarini qadoqlaş uçun möljallangan izolenta, tarozi va zip-paketlar aşyoviy dalil sifatida olingan. Keyingi tezkor tadbirda narko-dökon kuratori tomonidan taşlab ketilgan lokatsiyadan 50 gramm “mefedron”ni olayotgan, avval Jinoyat kodeksining 276-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar) bilan sudlangan “zakladçik” ham qölga olingan.
Sergeli tumanida ötkazilgan tadbirda esa 2008 yilda tuğilgan qiz yaşayotgan xonadonda 280 gramm “Alfa-PVP”, 300 gramm “mefedron” va 81 “gramm” gaşiş saqlanayotgani aniqlangan.
Holatlar yuzasidan narkojinoiy faoliyat bilan şuğullangan şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
IIV malumotiga köra, ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jami 2 kilogrammga yaqin giyohvandlik vositasining aholi orasida tarqalişining oldi olingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tailanddan Özbekistonga 7,5 kg kilogrammdan ortiq narkotik moddalarni olib kiriş va tarqatişga uriniş aniqlangani haqida xabar berilgan edi.