Mehmonxona sport zalini narko-omborga aylantirganlar uşlandi
Toşkent va Farğonada ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida narkotik moddalarni yaşiriş va taşiş bilan boğliq holatlar foş etildi. Toşkentda mehmonxona sport zalidagi javondan qariyb 5 kilogramm narkotik modda topilgan bölsa, Farğonada 810 gramm gaşişni Toşkent viloyatiga olib ketayotgan 3 kişi qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, tezkor tadbir davomida Toşkentdagi mehmonxonalardan birining sport zalidagi javondan avval narkoşop omborçisi sifatida faoliyat yuritgan va hozirda qamoqda saqlanayotgan şaxsga tegişli narkotik moddalar topilgan. Xususan, 325 ta flakonga qadoqlangan, umumiy oğirligi 4 kilogramm 800 gramm bölgan giyohvandlik vositalari aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirilgan.
Malumotlarga köra, ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 15 kilogramm gaşiş moyi va “opiy” giyohvandlik vositalari istemoldan çiqarilgan. Ularning miqdori 75 ming dozaga teng ekani aytilmoqda.
Şuningdek, Farğona viloyatining Danğara tumanida ham yirik narkosavdogarlar qölga olingan.
Manbaga köra, 1969 yilda tuğilgan, avval 2 marta Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi bilan sudlangan şaxs narkotik moddalar savdosiga turmuş örtoği va jiyanini ham jalb qilgan.
Ular Lacetti avtomaşinasining lyuk qismiga 810 gramm gaşiş yaşirib, uni Toşkent viloyatida sotiş maqsadida olib ketayotgan vaqtida Danğara tumani hududida qölga olingan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan sintetik giyohvandlik vositasini noqonuniy olib kirişga uringan 2 nafar yölovçi uşlangani haqida xabar berilgan edi.