USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

2 hududda oğufuruşlar uşlandi: ulardan 51 ming dozalik narkotik olindi

163 марта
2 ҳудудда оғуфурушлар ушланди: улардан 51 минг дозалик наркотик олинди

Toşkent şahri va Farğona viloyatida giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullangan şaxslar qölga olindi. Ulardan jami 10 litrdan ortiq “gaşiş” yoği, “opiy“ hamda “gaşiş” moddalari aniqlanib, 51 ming dozaga teng narkotik vositalarning noqonuniy aylanişiga çek qöyildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Malum bölişiça, 1994 yilda tuğilgan şaxs internet orqali faoliyat yurituvçi norko-dökonda bir yil davomida “omborçi” sifatida işlab kelgan. Gumonlanuvçining yaşaş xonadoni közdan keçirilganda, 49 ta maxsus probirkaga joylangan 1 litrdan ortiq “gaşiş” yoği, şuningdek, beşta idişda saqlangan 9 litrdan ortiq “gaşiş” yoği hamda 10 gramm “opiy” giyohvandlik vositasi aniqlangan.

Bundan taşqari, uning uyidan 35 ming AQŞ dollari, yettita bank plastik kartasi, 20 ta SIM-karta, elektron tarozi va xizmat guvohnomasi topilib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirilgan.

Ötkazilgan tadbirlar natijasida 51 ming dozaga teng bölgan 10 litrdan ortiq “gaşiş” yoği va 10 gramm “opiy” giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi hamda tarqalişining oldi olingan.

Şuningdek, Farğona viloyatining Qöqon şahrida ötkazilgan tezkor tadbir davomida 1985 yilda tuğilgan ayol giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida uşlangan. U xaridorga 40 gramm gaşiş giyohvandlik vositasini sotiş vaqtida qölga olingan. Ayolga tegişli sumka közdan keçirilganda esa qöşimça 60 gramm gaşiş topilgan.

Qayd etilişiça, uşbu ayol avval ham Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadida qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlarni amalga oşiriş, şuningdek ularni noqonuniy ötkaziş) bilan sudlangan. Biroq u sodir etgan qilmişidan xulosa çiqarmasdan, jinoiy faoliyatini davom ettirgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan gumonlanuvçilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Ularga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrida giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullangan xorij fuqarolari qölga olingan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: