Toşkentda “kurator” 10 kg narkotik bilan uşlandi
Toşkent şahrida internet orqali faoliyat yuritgan narkodökonda qariyb 10 kilogramm giyohvandlik vositalari aniqlanib, musodara qilindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, respublika hududida ötkazilayotgan “Qoradori-2026” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida internet narkodökonida administrator va kurator sifatida faoliyat yuritgan, 1989 yilda Toşkent şahrida tuğilgan fuqaro qölga olingan. U avval Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinçilik) va 278-moddasi (qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş hamda ötkaziş) bilan sudlangan.
Gumonlanuvçiga tegişli avtomaşina va yaşaş xonadoni közdan keçirilganda 9 kilogramm 330 gramm “gaşiş” hamda 545 gramm “metamfetamin” saqlanayotgani aniqlangan. IIV malumotlariga köra, musodara qilingan giyohvandlik vositalari jami 64 817 dozaga teng.
Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruhga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, qayta işlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Uşbu turdagi jinoiy harakatlarni sodir etgan şaxslarga 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda Tojikistondan olib kelingan 13 kilogrammdan ortiq “opiy” moddasining noqonuniy aylanişiga çek qöyilgani haqida xabar berilgan edi.