Şavkat Mirziyoyev Andijondagi yangi yöl ötkazgiçni borib kördi
Bugun, 23 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon şahridagi Boburşoh köçasining ikki qismini boğlovçi yangi yöl ötkazgiç bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, inşoot şaharning ikki qismini töğridan töğri boğlab, transport harakatini yengillaştiriş va ortiqça aylanma yölni bartaraf etişga xizmat qiladi. Umumiy qiymati 271 milliard söm bölgan loyiha davlat rahbarining Andijon viloyatiga avvalgi taşrifi çoğida bergan topşiriği asosida amalga oşirilgan.

Yöl ötkazgiçning umumiy uzunligi 796 metr, kengligi 25,9 metrni taşkil etadi. Uning 596 metri estakada, 200 metri esa tirgak devorli yöl qismidan iborat.
Yangi inşoot, eng avvalo, aholi uçun katta qulaylik yaratgan. Andijon şahri va Oltinköl tumanida yaşovçi 140 ming nafar aholi endilikda 5,3 kilometr ortiqça yöl bosmaydi.

Şuningdek, maxsus xizmatlarning qatnov masofasi 15 kilometrdan 9,3 kilometrga qisqargan. Ortiqça masofa hamda temir yöl kesişmasidagi kutişlarning bartaraf etilişi natijasida manzilga yetib boriş vaqti 17 daqiqagaça kamayadi.

Ayniqsa, bu şoşilinç tibbiy yordam körsatişda muhim ahamiyatga ega. Endilikda bemorlarni şoşilinç tibbiy yordam markaziga avvalgidan 14 daqiqa ertaroq yetkaziş imkoni yaratilgan.