Şavkat Mirziyoyev Andijondagi köçada sayr qilib, aholi bilan gaplaşdi
Bugun, 23 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon şahrining Örikzor mahallasida taşkil etilgan gastronomik turizm köçasi bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Maşrab va Sarikuy köçalarini qamrab olgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 18 milliard söm bölib, şundan 8 milliard sömi respublika byudjeti, 10 milliard sömi tadbirkorlar mablaği hisobidan moliyalaştirilgan.


Köçaning umumiy uzunligi 1,2 kilometrni taşkil etadi. U yerda piyodalar va velosipedlar uçun keng va xavfsiz yölaklar barpo etilgan, zamonaviy landşaft dizayni yaratilgan, favvoralar va turli yoritiş vositalari örnatilgan. Selfi hududlari, oçiq sport maydonçalari, bolalar uçun ekomaydonçalar hamda oilaviy dam oliş maskanlari taşkil qilingan.


Hududdagi 35 ta savdo obektida 30 ta tadbirkorlik subekti 24/7 tartibda xizmat körsatadi. Loyiha doirasida 100 ta yangi iş örni yaratilgan. Köça kuniga 10 mingdan ziyod aholi va sayyohni qabul qiliş imkoniyatiga ega.


Davlat rahbari köça böylab sayr davomida aholi va tadbirkorlar bilan samimiy muloqot qilgan.