Prezident bir piyola çoy ustida Andijon faollari bilan suhbatlaşdi
Bugun, 23 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev “Yangi hayot” hududidagi 192 gektar maydonda barpo etilgan ekoturizm majmuasiga taşrif buyurib, viloyat faollari bilan bir dasturxon atrofida suhbatlaşdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, loyiha davlat rahbarining topşiriği asosida Agrosanoatni rivojlantiriş agentligi taşabbusi bilan amalga oşirilgan. Tabiat va zamonaviy qulayliklar uyğunlaşgan uşbu maskan qisqa vaqtda aholi va sayyohlar etiborini tortgan. Majmua baland tepalikda joylaşgan bölib, u yerdan tumanning keng manzarasi namoyon böladi.

Hududda kapsula şaklidagi 4 ta zamonaviy dam oliş uyi va milliy uslubdagi 5 ta ötov örnatilgan. Öttiz gektar maydonda manzarali daraxtlar va arçalar ekilgan. Oilaviy restoran, turli attraktsionlar hamda zamonaviy tungi yoritiş tizimi taşkil etilgan.

Majmuada tabiiy muhitni saqlaş va resurslardan oqilona foydalanişga alohida etibor qaratilgan. Hududda 14 ming kub metr siğimga ega membranali suv havzasi qurilgan. Daraxt va ekinlar töliq tomçilatib suğoriş tizimi orqali suğoriladi.

Loyihaning umumiy qiymati 51,8 milliard sömni taşkil etadi. Uning amalga oşirilişi natijasida mahalliy aholi uçun 275 ta doimiy va 200 ta mavsumiy iş örni yaratilgan. Şuningdek, boğda yetiştiriladigan uzumni eksport qiliş rejalaştirilgan.

Muassasa töliq quvvat bilan işga tuşgaç, yiliga 80 milliard sömlik xizmatlar körsatilişi hamda mahalliy byudjetga 3 milliard söm tuşum taminlanişi kutilmoqda.

Joriy yil yakuniga qadar töliq işga tuşirilişi rejalaştirilgan “Uzum boği” majmuasi Andijon viloyatining jozibador sayyohlik maskanlaridan biriga aylanişi kutilmoqda.

Şu yerda yozilgan dasturxon atrofida davlat rahbari viloyat faollari va mehnat faxriylari bilan samimiy suhbatlaşgan. Muloqotda Andijonda amalga oşirilayotgan keng kölamli yangilanişlar, aholi farovonligini oşiriş, mahallalarni obod qiliş va yoşlar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş haqida söz borgan.



Tadbir davomida madaniy dastur va dronlar şousi namoyiş etilgan.