Prezident Nukusdagi köça böylab sayr qilib, aholi bilan gaplaşdi
Bugun, 18 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrifi çoğida Nukus şahridagi yangilangan köça böylab sayr qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, şaharning Ğaresizlik, S.Kamalov va Ğ.Şeraziyeva köçalarida amalga oşirilgan obodonlaştiriş işlari natijasida aholi va şahar mehmonlari uçun qulay dam oliş muhiti, savdo va köngiloçar maskanlarning tunu kun faoliyat yuritişi uçun şaroit yaratilgan.

Bu işlarga 2,2 milliard söm ajratilib, köçalarning 2,5 kilometrlik qismi tamirlangan va infratuzilmasi yangilangan.

Piyodalar yölaklari barpo etilib, örindiqlar va çiqindi qutilari örnatilgan. Hududni tungi vaqtda yoritiş uçun quyoş panellari yordamida işlaydigan energiya tejamkor çiroqlar örnatilgan. Yomğir suvlarini oqiziş va suv töplanişining oldini oliş maqsadida 1,5 kilometrlik tarmoq yangidan qurilgan, mavjudlari modernizatsiya qilingan.

Yaratilgan şaroitlar tadbirkorlik faoliyatini ham jonlantirgan. Hududda 8 ta yangi tadbirkorlik subekti iş boşlagan, yana 10 tasi faoliyatini kengaytirgan. Natijada 75 ta yangi iş örni yaratilgan.


Davlat rahbari köça böylab yurar ekan, odamlar bilan samimiy muloqot qilgan, mamlakatda hukm surayotgan tinçlik eng qadrli nemat ekanligini takidlab, ezgu tilaklarini bildirgan.