USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Qiçqiriq mahallasiga bordi

98 марта
Шавкат Мирзиёев Қичқириқ маҳалласига борди

Bugun, 11 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxtning Olmazor tumanidagi Qiçqiriq mahallasida amalga oşirilgan obodonlaştiriş işlari va aholi uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, taşkil topganiga öttiz yildan oşgan uşbu mahallada 23 ta köp qavatli uy joylaşgan. 1 ming 416 ta xonadonda 5 ming 400 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi.

Prezidentning 2024 yil 25 iyundagi “Mahallalarni obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş va qiyofasini tubdan yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori asosida amalga oşirilgan özgarişlar natijasida mahalla bugun butunlay yangi qiyofa kasb etgan.

“Obod mahalla” davlat dasturi doirasidagi uşbu loyihaga mahalliy byudjetdan 71,4 milliard söm mablağ yönaltirilgan. Natijada hudud zamonaviy “yaşil” şaharsozlik muhitini özida mujassam etgan haqiqiy ekologik mahallaga aylangan.

Eng katta yangiliklardan biri Qiçqiriq kanali qirğoği böylab barpo etilgan sayilgoh bölgan. Uning uzunligi 2,4 kilometrni taşkil etadi. Suv böyi hududi aholi tunu kun hordiq çiqaradigan şinam va ozoda maskanga aylantirilgan.

Bu yerda 12,4 kilometr uzunlikda piyodalar yölagi yotqizilgan, qöşimça yaşil hudud taşkil etilgan. Suv havzasi ustida muhtaşam ayvon, 14 ta şiypon, çarxpalak va favvoralar qurilgan.

Bugun mahallada 6,5 mingga yaqin manzarali va mevali daraxt parvariş qilinmoqda. Turar joylarning taşqi körinişi ham yangilangan. Aholi dam olişi uçun yuzlab örindiqlar, yoritiş çiroqlari örnatilgan.

Bu yerda yoşlar uçun ham barça şaroit yaratilgan. 12 ta vorkaut maydonçasi va 3 ta futbol maydoni barpo etildi, kutubxonalar foydalanişga topşirilgan.

Tadbirkorlik ham jadal rivojlanib, 47 ta tadbirkorlik subekti faoliyat yuritmoqda. Yangi loyihalar hisobiga 61 ta yangi iş örni yaratilgan.

Davlat rahbari şu yerning özida aholi bandligini taminlaş va kambağallik bilan işlaş böyiça masullarga körsatmalar bergan.

Qiçqiriq mahallasida ham bu borada öziga xos tizim yölga qöyilmoqda.

Masalan, mahalla fuqarosi Gulnora Ğoyipova kulolçilik tögaragi va töquvçilik tsexi faoliyatini yölga qöygan. Bu yerga mahalladagi işsiz yoşlar va xotin-qizlar jalb etilib, “Usta-şogird” ananasi asosida hunar örganmoqda.

Şuningdek, hududda respublikada birinçilardan bölib zamonaviy minorali avtoturargoh örnatilgan. Uşbu 8 qavatli inşoot lift printsipida işlaydi. Markazdagi lift avtomobilni qabul qilib, uni öng va çap tomondagi böş joylarga joylaştiradi. Natijada atigi bir juft maşina siğadigan kiçik yer maydonida 16 ta avtomobilni bemalol saqlaş imkoni yaratilgan.

Bundan taşqari, madaniy hordiq çiqariş, turli jamoatçilik tadbirlarini ötkaziş va mahalla ahlini birlaştiriş maqsadida şinam amfiteatr ham barpo etilgan.

Bu yerda mavjud 2 ta davlat maktabgaça talim taşkilotida ham keng kölamli quriliş va rekonstruktsiya işlari amalga oşirilgan.

Davlat rahbari uşbu muassasalardan biri – 441-boğçada yaratilgan şaroitlar bilan ham tanişgan.

Uşbu maskan 1976 yilda qurilgan bölib, uning hududi tubdan kengaytirildi. Muassasaning böş turgan maydonida jami 450 örinli 2 ta yangi bino barpo etilgan. Natijada boğçaning umumiy quvvati 835 öringa yetkazilgan.

Muassasada bolajonlar salomatligiga alohida etibor qaratilgan. Bolalar immunitetini mustahkamlaş va nafas yöllari kasalliklarining oldini oliş maqsadida maxsus tuz xonasi taşkil etilgan.

Bundan taşqari, kiçkintoylarning har tomonlama rivojlanişi uçun ingliz tili, mental arifmetika, tasviriy sanat, musiqa, badiiy gimnastika, şaxmat hamda taekvondo böyiça qöşimça tögaraklar yölga qöyilmoqda.

Prezidentga muassasada bolalar uçun yaratilgan “Özbek tilini öynab örganamiz” maxsus interaktiv platformasining imkoniyatlari haqida malumot berilgan.

Uşbu maxsus interaktiv platforma bolajonlarning davlat tilini qiziqarli öyinlar va raqamli texnologiyalar orqali oson özlaştirişi uçun katta imkoniyat yaratadi. Platformadan maşğulot jarayonida bolalarda mustaqil fikrlaş, hayotiy könikmalarni şakllantiriş, kasblar bilan tanişişda ham foydalaniş mumkin.

Şuningdek, boğçada taşkil etilgan yöl harakati xavfsizligi tögaragi faoliyati bilan ham tanişilgan. Bu kabi tögaraklar faoliyatini boşqa maktabgaça talim muassasalarida ham ommalaştiriş, bolalarni yöl harakati xavfsizligi madaniyatiga boğça paytidanoq örgatib boriş muhimligi takidlangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: