Endi paxtani yetiştirganga, birjada sotganga va sotib olganga ham subsidiya beriladi
Endi Özbekistonda paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uçun 500 ming sömdan subsidiya beriladi, şuningdek, öz yerida paxta yetiştirgan klasterlar esa gektariga 1,5 million sömdan subsidiya oladi. Bu haqda bugun, 24 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va aholi daromadlarini oşiriş masalalari böyiça ötkazilayotgan yiğilişda malum qilindi.
Yiğilişda taşqi bozorda paxtaga talab pasayib, eksportda logistika xarajatlari oşib borayotgan şaroitda fermerlar, klasterlar va tayyor mahsulot işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş çoralari elon qilingan.
Unga köra, paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uçun 500 ming sömdan subsidiya beriladi. Öz yerida paxta yetiştirgan klasterlar esa gektariga 1,5 million sömdan subsidiya oladi.
Mutasaddilarga tayyor mahsulot eksportçilarining xorijiy valyutadagi kreditlari böyiça foizlarning 5 foizdan, milliy valyutadagisining 14 foizdan oşgan qismini uç yil davomida kompensatsiya qiliş böyiça hisob-kitoblarni kiritiş topşirilgan.
Şuningdek, marketpleyslar orqali sotilgan mahsulot qiymatining 3 foizini qaytariş masalasi böyiça takliflar tayyorlanişi aytilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident raisligida ötayotgan mazkur yiğilişda Andijonda kelgusida qöşimça 20-30 ming iş örni yaratilişi, viloyatda dala çetlaridagi yerlardan samarali foydalaniş maqsadida mana şunday yerlarning 200 gektarida çorva boqiş uçun şaroit yaratilişi hamda Uluğnordagi 1 ming 200 gektar maydonda Baliqçi tumani tajribasi asosida baliqçilik klasteri taşkil etilişi malum qilingandi.