Toşkentda suvga tuşib ketgan bolani ofitsiant qutqarib qoldi
Toşkent şahrining Olmazor tumanida koptokni oliş uçun katta quvur ustiga çiqib, suvga tuşib ketgan bola qutqarib qolindi. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, voqea joriy yil 23 sentyabr kuni Olmazor tumanidagi suv böyida joylaşgan mahallalardan birida sodir bölgan.
Qayd etilişiça, bolalar koptok öynayotgan vaqtda töp suvga tuşib ketgan. Bolalardan biri uni olib çiqiş uçun katta quvur ustiga çiqqan, biroq koptokni olayotgan paytda muvozanatini yöqotib, suvga tuşib ketgan.
Oqim bolani uzoqroqqa olib ketgan. Şu paytda suv böyidagi kafelardan birida işlayotgan ofitsiant yigit bolani körib qolgan va suvga sakrab, uni qutqarib qolgan.
Bildirilişiça, qutqaruvni amalga oşirgan ofitsiant yigit taqdirlanişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanidan ötuvçi kanalda oqib ketayotgan bolakay fuqaro tomonidan qutqarib qolingani haqida xabar berilgan edi.