USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentda 3-kursga öqişga kiritişni vada qilgan şaxslar uşlandi

62 марта
Тошкентда 3-курсга ўқишга киритишни ваъда қилган шахслар ушланди
Toşkentda fuqaroni Rossiyada ikki yil öqigani haqidagi soxta hujjatlar asosida xususiy oliygohning 3-bosqiçiga öqişga kiritib qöyiş evaziga 8 ming dollar talab qilgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, DXX Toşkent şahar boşqarmasi, Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda Içki işlar vazirligi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbir davomida 1997 yilda Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida tuğilgan, hozirda Toşkent şahrida yaşovçi şaxs fuqaroning işonçiga kirib, tanişlari orqali uni Rossiyadagi oliy talim muassasalaridan birida ikki yil tahsil olgani haqidagi soxta hujjatlar asosida poytaxtdagi xususiy oliygohning 3-bosqiçiga öqişga kiritib qöyişni vada qilgan.

Buning evaziga u 8 ming dollar talab qilgan va 7500 dollarni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Şundan söng, tezkor tadbir davom ettirilib, uşbu pulni olgan, 1993 yilda tuğilgan va Samarqand viloyati Iştixon tumanida doimiy röyxatda turib, Toşkent şahrida vaqtinça yaşovçi fuqaro ham qölga olingan.

Tergovga qadar tekşiruv davomida mazkur noqonuniy işga Yaşnobod tumani IIO FMB inspektor-psixologi ham aloqador ekani aniqlangan. Tezkor tadbir davomida inspektor-psixolog ham 7500 dollarni olayotgan vaqtida uşlangan.

Bildirilişiça, holat yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoro viloyatida oliy talim muassasasiga öqişga kiritib qöyişni vada qilib, 26 mln söm olgan şaxs uşlangani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: