USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston Embraer’dan C-390 samolyotini qabul qilib oldi

80 марта
Ўзбекистон Embraer’дан C-390 самолётини қабул қилиб олди

Özbekiston Markaziy Osiyoda birinçi bölib Braziliyaning Embraer kompaniyasi işlab çiqargan C-390 Millennium harbiy-transport samolyotini qabul qilib oldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, samolyotni topşiriş marosimi keça, 25 sentyabr kuni Braziliyaning Gaviao Pexoto şahridagi Embraer zavodida bölib ötgan. Unda Özbekiston Harbiy-havo kuçlari qömondoni, general-mayor Ahmad Burxonov hamda “Öztextreyd” davlat muassasasi direktori Olimxon Rustamov iştirok etgan.

Kompaniya malumotiga köra, Özbekiston va Embraer örtasidagi tegişli şartnoma 2024 yil oxirida imzolangan. Kelişuv samolyotdan foydalaniş böyiça keng qamrovli öquv va texnik yordam, şuningdek ehtiyot qismlar yetkazib berişni ham öz içiga oladi.

C-390 Millennium örta toifadagi köp maqsadli harbiy-transport samolyoti bölib, 26 tonnagaça yuk taşişi mumkin. Uning maksimal tezligi 470 uzelni (taxminan 870 km/soat) taşkil etadi.

Samolyot yuk va harbiy xizmatçilarni taşiş, texnika va şaxsiy tarkibni havodan tuşiriş, tibbiy evakuatsiya, qidiruv-qutqaruv işlari, yonğinlarga qarşi kuraş hamda gumanitar missiyalarda foydalaniş uçun möljallangan. U vaqtinçalik yoki asfaltlanmagan uçiş-qöniş yölaklaridan ham foydalana oladi.

Şuningdek, tegişli jihozlar örnatilganda C-390 Millennium havoda boşqa samolyotlarga yonilği quyuvçi tanker sifatida ham, havodan yonilği qabul qiluvçi samolyot sifatida ham işlaşi mumkin.

Embraer malumotlariga köra, C-390 Millennium samolyotini Braziliya, Portugaliya, Vengriya, Janubiy Koreya, Niderlandiya, Avstriya, Çexiya, Şvetsiya, BAA, Slovakiya, Kolumbiya va Litva harbiy-havo kuçlari ham tanlagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Braziliyaning Embraer kompaniyasidan C-390 Millennium harbiy-transport samolyotlarini sotib olişi va mamlakat uşbu samolyotlardan foydalanadigan Markaziy Osiyodagi birinçi davlatga aylanişi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: