Ehsonga yiğilgan pullarni totalizatorga tikib yuborgan yigit uşlandi
Farğona viloyatida 19 yoşli yigit firibgarlik va kiberjinoyatda gumonlanib uşlandi. U 408 ming AQŞ dollar qiymatdagi kriptoaktivlarni noqonuniy aylantirgani, şuningdek, internetda xayriya uçun yiğilgan pullarni özlaştirib, totalizatorga tikib yuborgani aniqlangan. Bu haqda Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, dastlab yigit Özbekistonda kriptoaktivlar savdosi bilan boğliq qonunçilik talablarini muntazam ravişda buzib kelgani aniqlangan. U noqonuniy ravişda aylantirgan kriptoaktivlarning umumiy qiymati 408 ming AQŞ dollaridan, milliy valyutada esa 4 milliard 894 million 152 ming sömdan ortiq bölgan.
Keyingi suriştiruvlarda 2007 yilda Toşkent şahrida tuğilgan yigit boşqa fuqarolarni aldab, ularning pullarini özlaştiriş bilan ham şuğullangani aniqlangan.
U ijtimoiy tarmoqlarda salomatligida jiddiy muammo bölgan bemorlar uçun yordam sörab elon qilingan videolarni kuzatgan. Şundan söng Instagram’dagi bloger nomidan Telegram’da soxta akkaunt oçib, bemorning yaqinlariga yozgan.
Gumonlanuvçi ulardan kartaga qança mablağ yiğilganini sörab, pullarni vaqtinça öz kartasiga ötkazişni, keyinçalik naqd şaklda qaytarib berişni vada qilgan. Şu yöl bilan u jami 43 million sömga yaqin mablağni özlaştirgan. Şuningdek, bemorning tanişi bölgan Paynet şoxobçasi xodimidan ham 30 million sömdan ortiq pulni xuddi şu usulda öz kartasiga ötkazdirgan.
Gumonlanuvçining aytişiça, u özlaştirilgan pullarni töğridan-töğri onlayn totalizator hisob raqamiga kiritgan. U jami 76 million sömni tikib, yutqazganini bildirgan.
“Qilgan işimdan afsusdaman. Bu holat boşqa takrorlanmasligiga, özimni töğrilaşga vada beraman”, deya bayonot bergan u.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “b” va “v” bandlari hamda 278-8-moddasi (Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunçilikni buziş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoro viloyatida Telegram orqali fuqarolarning telefonlariga zararli APK fayllar yuborib, bank kartalaridagi mablağlarni öğirlagan kiberjinoyat guruhi foş etilgani haqida xabar berilgan edi.