USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda jinoyatçilikning oldini oliş va jinoiy odil sudlov böyiça anjuman ötkaziladi

84 марта
Ўзбекистонда жиноятчиликнинг олдини олиш ва жиноий одил судлов бўйича анжуман ўтказилади

Özbekistonda 2031 yilda jinoyatçilikning oldini oliş va jinoiy odil sudlov böyiça anjuman ötkaziladi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

“BMT Boş Assambleyasidan söng işimizni Abu-Dabida – Jinoyatçilikning oldini oliş va jinoiy odil sudlov böyiça 15-kongressda davom ettirdik. Uşbu nufuzli anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan 5 mingga yaqin vakil iştirok etmoqda”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Uning bildirişiça, umumiy yeçimni taqozo etayotgan masalalar: transmilliy jinoyatçilik, terrorizm, narkotrafik, korruptsiya va ekologik huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş, şuningdek, bolalar himoyasi hamda qonun ustuvorligini mustahkamlaş çoralari muhokama qilingan.

“Kongress doirasida BMT Boş kotibi örinbosari, BMTning Narkotiklar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi ijroçi direktori Monika Juma bilan uçraşganimdan xursand böldim. Biz BMTning uşbu tuzilmasi bilan faol hamkorlik qilib, qator qöşma loyihalarni amalga oşirmoqdamiz”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Uning yozişiça, mazkur kongress Özbekiston uçun alohida ahamiyat kasb etgan. Barça iştirokçi davlatlar navbatdagi kongressni Özbekistonda ötkaziş böyiça mamlakat taşabbusini qöllab-quvvatlagan va bu yakuniy deklaratsiyada öz tasdiğini topgan.

“Buni Özbekistonga nisbatan xalqaro miqyosdagi yuksak işonç ramzi deb bilaman. Bu – bizning oçiqligimizga, muloqotga doim tayyorligimizga hamda umumiy maqsadlar yölida say-harakatlarni birlaştira olişimizga bildirilgan işonçdir.

Oldinda beş yillik tayyorgarlik davri turibdi. 2031 yilda mamlakatimiz butun dunyodan keladigan delegatlarga mezbonlik qiladi”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib ötamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Birlaşgan Arab Amirliklari Prezidenti Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Alo bilan uçraşuv ötkazgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: