USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston va Qirğiziston harbiy razvedka sohasida hamkorlik qiladi

39 марта
Ўзбекистон ва Қирғизистон ҳарбий разведка соҳасида ҳамкорлик қилади

Bugun, 29 sentyabr kuni Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi Özbekiston Mudofaa vazirligi bilan harbiy razvedka sohasida hamkorlik qiliş töğrisidagi bitimni tasdiqladi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
 
Qayd etilişiça, hujjat joriy yilning 30 iyul kuni Çölpon-Otada imzolangan. Qaror bitimning kuçga kirişi uçun zarur bölgan davlat içidagi protseduralarni yakunlaş maqsadida qabul qilingan.

Taşqi işlar vazirligiga Qirğiziston tomoni zarur protseduralarni bajargani töğrisida Özbekiston tomonini xabardor qiliş topşirilgan.

Qarorda bitimda hamkorlikning qaysi aniq yönalişlari, axborot almaşiş mexanizmlari va tomonlarning majburiyatlari közda tutilganiga aniqlik kiritilmagan.

Hujjat 10 kundan keyin kuçga kiradi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 30 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev davlat taşrifi bilan Qirğizistonga borgan edi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomani imzolagan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: