USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Pedofillarga umrbod qamoq: deputatlar qonun loyihasi ikkinçi öqişda qabul qildi

106 марта
Педофилларга умрбод қамоқ: депутатлар қонун лойиҳаси иккинчи ўқишда қабул қилди

Özbekistonda 14 yoşga tölmagan bolalarga nisbatan sodir etilgan nomusga tegiş va jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş jinoyatlari uçun 25 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlaş belgilanmoqda. Bu haqda bugun, 30 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida ikkinçi öqişda körib çiqilgan “Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasida söz boradi.

“Adolat” SDP fraktsiyasi taşabbusi bilan kiritilgan uşbu qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari, Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks hamda qator qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilmoqda.

Xususan, ön tört yoşga tölmagan bolalarga nisbatan sodir etilgan nomusga tegiş va jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş jinoyatlari uçun 25 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlaş belgilanmoqda. Şuningdek, bolaning ölimiga sabab bölgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uçun şartli hukm qiliş va muddatidan ilgari şartli ozod qilişga oid ayrim qoidalarni qöllaş çeklanmoqda. Bolaning jinsiy erkinligiga qarşi ayrim jinoyatlar böyiça javobgarlikka tortiş va jazoni ijro etiş muddatlarini qöllamaslik ham nazarda tutilmoqda.

Bundan taşqari, voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan badanga oğir yoki örtaça oğir şikast yetkaziş, şuningdek, bir guruh şaxslar tomonidan ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilişini oğirlaştiruvçi holat sifatida belgilaş taklif etilmoqda. Voyaga yetmagan şaxsni ğayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlik, bolalarni tarbiyalaş majburiyatini bajarmaslik va boşqa ayrim huquqbuzarliklar uçun javobgarlik çoralari ham kuçaytirilmoqda.

Qonun loyihasida bolalarning protsessual huquqlarini taminlaşga ham alohida etibor qaratilgan. Jumladan, zöravonlikdan jabrlangan voyaga yetmaganlarni söroq qiliş jarayonini videoyozuv orqali qayd etiş, ularning gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi bilan yuzlaştirilişini maxsus tartib asosida ötkaziş, şuningdek, vasiylik va homiylik organi vakilining iştirokini taminlaşga oid normalar belgilanmoqda. Zöravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bölgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam körsatiş mexanizmlari ham aks ettirilmoqda.

Şu bilan birga, bolalarni ularning soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş, Bolalar masalalari böyiça komissiyalar qarorlarini ijro etmaslik yoki ularning ijrosiga tösqinlik qiliş uçun javobgarlik belgilanmoqda. Talim taşkiloti xodimi tomonidan talim-tarbiya jarayonida bolaga nisbatan zöravonlik sodir etilişi mehnat şartnomasini iş beruvçi taşabbusiga köra bekor qiliş uçun asos bölişiga oid qoidalar ham nazarda tutilgan.

Qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida soha mutaxassislari, deputatlar va jamoatçilik vakillari iştirokida uning normalari atrofliça muhokama qilingan. Keng jamoatçilik muhokamasi davomida kelib tuşgan takliflar ekspertlar tomonidan örganilib, asoslantirilganlari qonun loyihasini takomillaştirişda inobatga olingan.

Jumladan, Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilayotgan normalar bilan jinsiy zöravonlikka uçragan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam körsatiş tartiblari aniqlaştirilgan. Voyaga yetmagan guvohlarni söroq qiliş jarayonini videoyozuv orqali qayd etiş majburiyligi belgilanib, vasiylik va homiylik organi vakilining iştirokiga oid qoidalar takomillaştirilgan.

Bundan taşqari, bolalar örtasida tarqatilişi taqiqlangan axborotdan himoya qiliş, bolalar masalalari böyiça komissiyalar qarorlarini ijro etmaslik yoki ularning ijrosiga tösqinlik qiliş bilan boğliq huquqbuzarliklarga oid normalar aniqlaştirilgan. «Talim töğrisida»gi qonunga kiritilayotgan özgartirişlar ham amaliyotda yuzaga kelişi mumkin bölgan holatlarni inobatga olgan holda takomillaştirilgan.

Muhokamalar davomida deputatlar bolalarning hayoti, soğliği, şani va qadr-qimmatini himoya qiliş, ularga nisbatan zöravonlik holatlarining oldini oliş, bunday jinoyatlar uçun jazo muqarrarligini taminlaş hamda masul taşkilotlar va mansabdor şaxslarning javobgarligini oşiriş muhimligini takidlagan.

Şuningdek, qonun loyihasi bilan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 282-moddasiga voyaga yetmagan şaxsga nisbatan sodir etilgan şahvoniy şilqimlik böyiça mamuriy huquqbuzarlikka oid iş hujjatlarini prokurorning huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari mavjud emasligi haqidagi qarori olinganidan söng sudga yuborişni nazarda tutuvçi qöşimçalar va özgartiriş kiritilmoqda.

Munozaralar davomida hujjat ikkinçi öqişga tayyorlaş jarayonida masul qömita tomonidan bir qator işlar amalga oşirilgani, deputatlar takliflari asosida loyiha matni yanada takomillaştirilib, maromiga yetkazilgani alohida qayd etilgan.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinçi öqişda qabul qilingan.

Eslatib ötamiz, keça, 29 sentyabr kuni uşbu qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilingan edi.

Namangandagi boğçada fojia

Avvalroq, Namangan viloyatidagi boğçada ombor mudiri 5 yaşar tarbiyalanuvçini zörlagani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Uçqörğon tumani IIB Tergov bölimi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegiş) 4-qismi va 112-moddasi (Öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Uşbu jinoyatni sodir etişda gumonlanayotgan K. M. protsessual tartibda uşlangan va unga nisbatan sud tomonidan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Bundan taşqari, yşbu voqea ortidan Özbekistondagi boğçalarda xodimlarni tekşiriş boşlangandi hamda yuz bergan köngilsiz holatni atrofliça örganiş, masullarning xizmat vazifasiga loyiqligini körib çiqiş böyiça Maktabgaça va maktab talimi vazirligi tomonidan Işçi guruh tuzilgandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Maktabgaça va maktab talimi vazirligiga taqdimnoma kiritgan. Mazkur holat böyiça tergovni Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev şaxsan nazoratga olgan.

Şuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 5 yaşar qizni zörlagan ombor mudiriga maksimal oğir jazo berilişini bildirgan edi. Namangandagi 5 yaşar qizaloq bilan boğliq fojia ortidan uning oilasi boşqa şaharga köçirilib, ularga uy-joy va zarur reabilitatsiya xizmatlari körsatilişi ham malum qilingan. Özbekistonda bolalarga nisbatan zöravonlik sodir etganlik uçun javobgarlikni keskin kuçaytirişga qaratilgan qonun loyihasi Qonunçilik palatasiga kiritilgan edi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: