Xitoy suvosti dronlari böyiça jahon rekordini örnatdi
Xitoy guruh tarkibida bir vaqtning özida işlaydigan avtonom suvosti dronlari soni böyiça jahon rekordini örnatdi. Sinovga yuzdan ortiq apparat jalb etildi. Bu haqda “South Çina Morning Post” xabar berdi.
“Bir vaqtning özida işlaydigan avtonom suvosti apparatlarining eng köp soni” kategoriyasidagi Ginness rekordini Şimoli-ğarbiy politexnika universiteti jamoasi dengiz uskunalari va apparatlari yetkazib beruvçi Xi'an Tianhe Maritime Teçnologies kompaniyasi bilan birgalikda örnatgan.
Sinov uzunligi 50 metr va kengligi 20 metr bölgan havzada Ginness rekordlar kitobi vakillari nazorati ostida ötkazilgan. Ular natijani sertifikatlab, öz saytlarida elon qilgan.

Işda 116 ta TH-618 avtonom suvosti apparatidan iborat guruh iştirok etgan. Ular ketma-ket joylaştirilgan va belgilangan yönaliş böylab harakatlaniş uçun real vaqt rejimidagi malumotlarga tayangan holda, 500 metr masofada 34 daqiqa davomida inson aralaşuvisiz safda avtonom suv osti navigatsiyasini amalga oşirgan.
Apparatlarning maksimal harakat masofasi 30 kilometrni taşkil etadi va ular sakkiz soatdan ortiq vaqt davomida uzluksiz işlaşi mumkin, deb aniqlik kiritgan işlab çiquvçilar. Qurilmalar navigatsiya uçun kameradan foydalanadi va belgilangan yönalişdan çetlaşişlarga tuzatişlar kiritgan holda moslaşişga qodir.
“Önlab yoki hatto yuzlab suvosti apparatlarining muhitda töliq avtonom, uzoq muddatli va barqaror muvofiqlaştirilgan navigatsiyaga erişişini taminlaş hamişa suvosti intellektual uskunalari sohasidagi jahon miqyosidagi asosiy vazifa bölib kelgan”, deb bayonot berdi universitet.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy dengiz platformasiga örnatilgan maxsus tör orqali raketa tezlatkiçini qaytarib oliş böyiça tajribaviy tizimni muvaffaqiyatli sinovdan ötkazgan edi.