Odamlar SI bilan doimiy muloqot sababli çat-botlar kabi gapirişni boşladi – WSJ
ÇatGPT, Claude va boşqa neyrotarmoqlardan muntazam foydalanadigan odamlar çat-botlarga xoslikni oddiy suhbatlarga, işçi yozişmalarga va hamkasblar bilan muloqotga köçira boşladi. Bu haqda “The Wall Street Journal” yozmoqda.
Naşr Stokgolmdagi vençur kompaniyasi hamkori Sara Vimmerkrantsni misol qilib keltiradi. Yaqinda u işçi uçraşuvni “Bu ertalabki uçraşuv emas, bu qayta yuklaniş” degan jumla bilan boşlagan – bu çat-botlar javoblariga xos bölgan qarama-qarşi qöyiş konstruktsiyasidir. Uning sözlariga köra, xodimlar tobora köproq qisqa, tasirçan iboralarni va “daholik” yoki “juda aqllisan” kabi noodatiy darajadagi kötarinki maqtovlarni qöllamoqda.
Bazilar bunday iboralarni “Claude tili” deb atamoqda. Startaplardan birining rekruting bölimi rahbari Uill Barnettning WSJ’ga malum qilişiça, uning şaxsiy xatlari va Slack’dagi xabarlari yanada rasmiyroq va “şaxssizroq” bölib qolgan. Hozirda u neyrotarmoq tomonidan generatsiya qilingan matnga kamroq öxşaşi uçun özi mustaqil yozgan matnni tahrirlab turadi.
“U meni öziga köproq öxşaşga örgatdi, aksinça emas”, deydi Barnett.
Startap asosçilari muhitida yana bir fenomen – “ğor odami nutqi” (cave man speak) paydo böldi. Foydalanuvçilar SIga topşiriq qöyadigan öta qisqa buyruqlar, masalan “Nega belgilangan röyxat yöq?” şunday ataladi. SI böyiça konsultant Elli K. Millerning aytişiça, bunday uslub allaqaçon promptlardan kundalik muloqotga ötgan.
Neyrotarmoqlar bilan özaro tasir qiliş manerasi işçi uçraşuvlarga ham tasir ötkazmoqda. Agar kimdir öz fikrini juda uzoq tuşuntirsa, hamkasblari til modeli uçun sörov şakllantirişga öxşaş tarzda “Maqsad nima?” degan savol bilan uning gapini bölişlari mumkin. Bu bir vaqtning özida uçraşuvlarni yozib oluvçi SI-agentlarga aniqroq qaydlar tuzişga yordam beradi.
San-Frantsiskodagi SI-startaplaridan birida hatto “promptlar tili”ni hisobga oliş uçun maxsus doska tuzilgan. Xodim neyrotarmoqlarga xos iborani qöllagan har bir safar belgi oladi. Röyxatga “haqiqatan ham”, “jiddiy ahamiyatga ega”, “rad etib bölmaydigan dalil”, “X – bu yangi Y” konstruktsiyasi va defis orqali yoziladigan noodatiy qöşma iboralar kirgan. Hafta davomida eng köp belgi töplagan kişi işdan keyingi hamkasblar yiğilişi uçun haq tölaydi.
Şu bilan birga, WSJ suhbatdoşlarining bazilari SIga xos til ÇatGPT paydo bölişidan ança oldin ham mavjud bölganini takidlaydi: til modellari uni köp jihatdan biznes adabiyoti, yuridik hujjatlar va korporativ nutqdan özlaştirgan. Biroq neyrotarmoqlarning keng tarqalişi uşbu uslubni kundalik muloqotda sezilarli darajada közga taşlanadigan qildi.
“Hammaning gapi sayqallangan, ammo heç kimning nutqi alohida qiziqarli tuyulmaydi”, deydi yigirma yildan beri kompaniya rahbarlarini korporativ jargondan xoli qilişga harakat qilayotgan PR-mutaxassisi Anjela Nibbs.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyning Moonşot AI kompaniyasiga tegişli Kimi suniy intellekt modeli xavfsizlik çeklovlarini çetlab ötgan tadqiqotçilarga biologik qurol yasaş va suiqasd uyuştiriş böyiça malumotlar bergani haqida xabar qilingan edi.