Biror voqea yuz berişini kutib ötirmasligimiz kerak – Tanzila Norboyeva bolalar himoyasi haqida
Tanzila Norboyeva davlat organlari bolalarga nisbatan zöravonlik holatlariga faqat şov-şuvli voqealardan keyin munosabat bildirmasdan, ularning oldini oliş va qonunlar amalda qanday işlayotganini doimiy tahlil qilişi kerakligini aytdi. Bu haqda u bugun, 2 oktyabr kuni Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida söz oçdi.
Uşbu majlisda “Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun körib çiqildi va maqullandi.
Majlsida Norboyevaning aytişiça, adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri qonunlarning amalda qöllanilişini örganiş va mavjud muammolar böyiça takliflar işlab çiqişdan iborat.
“Har doim qandaydir voqea bölişini kutib ötirib, munosabat bildirişimiz kerak emas. Özi adliyaning vazifasi – qonunçilikning amalda qöllanilişini doimiy ravişda tahlil qilib borişdir”, deydi u.
Şuningdek, Adliya vazirligi bolalar va ularning qonuniy vakillariga yuridik yordam oliş imkoniyatini taminlaşi, himoya sörab murojaat qiliş tartibini tuşuntirişi hamda zarur hujjatlarni tayyorlaşda kömaklaşişi lozimligi aytildi.
Norboyeva maktab, mahalla va bolalar muassasalari xodimlarining huquqiy bilimlarini oşiriş ham muhim vazifa ekanini qayd etgan. Uning sözlariga köra, bolalar bilan yaqin işlaydigan öqituvçilar, murabbiylar, mahalla faollari va boşqa xodimlar zöravonlik alomatlarini aniqlaş, bu haqda xabar beriş tartibi hamda holatni yaşirganlik uçun javobgarlikni bilişi kerak.
“Qolgan jamoatçilikni jalb qilgan holda zöravonlik alomatlarini aniqlaş, bu haqda xabar beriş majburiyati, harakat qiliş tartibi, holatlarni yaşiriş uçun javobgarlikni amaliy misollar asosida tuşuntirib borişingiz kerak”, deydi Senat raisi.
U Adliya vazirligi masul idoralar bilan birgalikda bolalarni himoya qiliş mexanizmlarini ham muntazam tahlil qilişi zarurligini takidlagan. Xususan, zöravonlik haqidagi xabarni kim qabul qilişi, u qayerga va qaysi muddatda yetkazilişi, bolaning keyingi himoyasi uçun kim masul ekani aniq belgilanişi kerak.
“Asosiy talab – bolalarning huquqiy himoyasi amalda işlaşi kerak”, deydi Norboyeva.
Senat raisi adliya organlari faoliyati ötkazilgan tadbirlar soniga qarab emas, balki bartaraf etilgan huquqiy tösiqlar va bolalarga körsatilayotgan amaliy yordam natijalariga qarab baholanişi lozimligini aytgan.
Şuningdek, u aniqlangan huquqiy tösiqlar, ularni bartaraf etiş çoralari, körsatilgan yuridik yordam va tiklangan huquqlar böyiça yuqori taşkilotlarga muntazam axborot berib boriş zarurligini takidlagan.
Norboyeva bugun qabul qilinayotgan qonun va çoralar bunday mexanizmlarni avvalroq joriy etiş zarur bölganini körsatayotganini ham aytgan.
“Bu qonun va yordamlar mana şu dahşatli voqeadan keyin qabul qilinayotganligi ham, bundoq qaraganda, buni oldinroq qilişimiz kerakligini körsatadi. Mana şunday voqealar bölmas edi balki”, deydi u.
Senat raisi qonun Prezident tomonidan imzolanganidan keyin Adliya vazirligi alohida çora-tadbirlar dasturini işlab çiqib, uni tizimning quyi böğinlarigaça yetkazişi kerakligini bildirgan. Mahalliy Kengaşlar esa uşbu vazifalarni joylarda adliya organlari bilan birgalikda taminlaşi zarur.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda 14 yoşga tölmagan bolalarga nisbatan sodir etilgan nomusga tegiş va jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş jinoyatlari uçun 25 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişini nazarda tutuvçi qonun senatorlar tomonidan maqullanib, imzolaş uçun Prezidentga yuborilgani haqida xabar berilgan edi.