Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 mln sömdan beriladi
2026–2027 yilgi isitiş mavsumida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan va ijtimoiy-iqtisodiy holati böyiça unga kiritiş mezonlariga mos keladigan ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi. Mablağlar 2026 yil noyabr oyida beriladi. Bu haqda Prezidentning 2026 yil 28 oktyabrdagi PF–236-sonli farmonida belgilangan.
Farmonga köra, moddiy yordam Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga, şuningdek, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida reyestrga kiritilmagan, biroq belgilangan mezonlarga mos keladigan oilalarga ajratiladi.
Bunda oiladagi har bir kişiga töğri keladigan daromad minimal istemol xarajatlarining 2 barobaridan oşmasligi lozim.
Şuningdek, markazlaştirilgan isitiş tizimiga ulangan köp qavatli uylarda yaşovçi oilalar ham moddiy yordam oladi. Bunday oilalarda har bir azoga töğri keladigan örtaça oylik daromad Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda minimal istemol xarajatlarining 2 barobaridan, Toşkent şahrida esa 3 barobaridan oşmasligi kerak.
Bundan taşqari, barqaror iş örinlarini yaratiş va aholi daromadlarini oşiriş böyiça tuman (şahar) ştablari qaroriga muvofiq, har bir oila azosiga töğri keladigan örtaça oylik daromadi belgilangan mezonlardan yuqori bölgan ayrim ehtiyojmand oilalarga ham yordam ajratiladi.
Şu bilan birga, özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz yaşovçi va yolğiz keksalar, nogironligi bölgan şaxslar reyestridagi fuqarolar hamda yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar yaşayotgan oilalar ham bir martalik moddiy yordam oluvçilar qatoriga kiritilgan.