USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda “kriminogen barqarorlik indeksi” joriy etiladi

53 марта
Ўзбекистонда “криминоген барқарорлик индекси” жорий этилади

Özbekistonda ilk bor aholining xavfsizlik hissi va yaşirin jinoyatçilik körsatkiçlarini ham inobatga oladigan “kriminogen barqarorlik indeksi”ni şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda bugun, 4 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan huquqbuzarliklar profilaktikasini zamon talablari asosida takomillaştiriş yuzasidan taqdimotda söz boradi.

Qayd etilişiça, hududlarda xavfsizlik infratuzilmasi kengaytirilib, 263 mingta tanib oluvçi kamera, 70 mingta zamonaviy domofon va 22 mingta taşviş tugmasi örnatildi. Ijtimoiy profilaktika çoralari orqali 2,1 million nafar şaxsning muammolari manzilli hal etilgan. Natijada kriminogen vaziyati eng oğir bölgan 809 ta mahallaning 701 tasi uşbu toifadan çiqarilgan. Qariyb 4,4 mingta mahalla “yaşil” toifada qolmoqda.

2014 yilda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida”gi qonunga ötgan davrda 20 dan ortiq özgartiriş kiritilgan bölsa-da, uning ayrim normalari bugungi talablarga javob bermay qolgan. Şu munosabat bilan taqdimotda mazkur qonunni yangi tahrirda qabul qiliş böyiça işlab çiqilgan takliflar körib çiqilgan.

Davlat rahbari yangi qonun huquqbuzarlik sodir etilgandan keyin çora körişga asoslangan yondaşuvdan xavf-xatarlarni oldindan aniqlaş va bartaraf etişga qaratilgan proaktiv profilaktika modeliga ötişni taminlaşi zarurligini takidlagan.

Bugungi kunda huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan 14 ta davlat idorasi şuğullanayotgan bölsa-da, ularning vazifalari ayrim hollarda takrorlanmoqda, vakolatlari aniq çegaralanmagan. Taqdimotda profilaktika subektlari doirasini yana 7 taga kengaytiriş taklif qilingan.

Prezident bu taklifning maqsadga muvofiqligini aniq asoslaş, eng avvalo, har bir idoraning vazifasi, vakolati va javobgarligini belgilaş, ular örtasida samarali hamkorlikni taminlaş muhimligini qayd etgan.

Şuningdek, yangi tahrirdagi qonun loyihasida Huquqbuzarliklar profilaktikasi komissiyasining vakolatlarini qonun darajasida belgilaş nazarda tutilmoqda. Bunda davlat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, profilaktika çoralarining samaradorligini baholaş va monitoring qiliş mexanizmlarini mustahkamlaşga alohida etibor qaratilgan.

Qonun loyihasida ilk bor profilaktikaning yangi yönalişlarini belgilaş, xususan, giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyatlar, kiberjinoyatçilik, uyuşgan jinoyatçilik, yaşirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarşi kuraşişda preventiv çoralarni kuçaytiriş nazarda tutilmoqda.

Qolaversa, ijtimoiy va viktimologik profilaktika mexanizmlarini takomillaştiriş, talim muassasalarini profilaktika tadbirlari bilan keng qamrab oliş, jinoyatdan jabrlangan fuqarolarning xavfsizligi va ijtimoiy himoyasini taminlaş böyiça yangi normalar ilgari surilgan.

Bunda jinoyatdan jabrlanganlar va guvohlarning hayoti, soğliği hamda mol-mulkiga tahdid yuzaga kelganda ularning xavfsizligi va ijtimoiy himoyasini taminlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşişda kömaklaşgan fuqarolarni rağbatlantiriş közda tutilmoqda. Şu bilan birga, huquqbuzarliklarni keltirib çiqaruvçi sabablarni bartaraf etiş yuzasidan majburiy profilaktik körsatma berişning huquqiy asoslarini belgilaş taklif qilinmoqda.

Taqdimotda kriminogen vaziyatni baholaş va huquqbuzarliklarning oldini oliş çoralari samaradorligini nazorat qiliş tizimini takomillaştiriş masalalariga ham alohida etibor qaratilgan.

Qayd etilişiça, hozirgi baholaş usullari asosan statistik malumotlarga tayanadi. Jinoyatçilikka tasir qiluvçi ijtimoiy-iqtisodiy omillar yetarliça tahlil qilinmaydi, mavjud axborot tizimlari özaro töliq integratsiyalaşmagan.

Şu bois, kriminogen vaziyatni baholaşning yangi modelini joriy etiş taklif qilingan. Unga köra, ilk bor aholining xavfsizlik hissi va yaşirin jinoyatçilik körsatkiçlarini ham inobatga oladigan “kriminogen barqarorlik indeksi”ni şakllantiriş közda tutilmoqda.

Buning uçun davlat idoralarining axborot resurslarini birlaştiradigan yagona kriminogen malumotlar platformasini işga tuşiriş, suniy intellekt texnologiyalari yordamida jinoyatçilik xavflarini tahlil qiliş va prognozlaş, kriminogen xaritalarni şakllantiriş rejalaştirilmoqda.

Mazkur mexanizmlar orqali hudud va mahallalardagi kriminogen vaziyat muntazam baholanib, xavf darajasiga qarab manzilli profilaktika çoralari belgilanadi. Masul idoralar faoliyati natijadorlik körsatkiçlari asosida baholanadi, muammolarni hal etiş yuzasidan tasirçan nazorat örnatiladi.

Davlat rahbari huquqbuzarliklar profilaktikasi faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlarning vazifasi bölib qolmasdan, barça masul idoralar, mahalla va jamoatçilikning hamjihatlikdagi faoliyatiga asoslanişi kerakligini takidlagan.

Har bir mahallada xavfsiz muhit yaratiş, huquqbuzarliklarni keltirib çiqarayotgan omillarni öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etiş, fuqarolar osoyiştaligini işonçli taminlaş ustuvor vazifa ekani körsatib ötilgan.

Taqdimot yakunida mutasaddilarga qonun loyihasini bildirilgan fikr-mulohazalar asosida takomillaştiriş, profilaktika subektlarining vazifa va vakolatlarini aniq belgilaş, raqamli tahlil va monitoring mexanizmlarini joriy etiş böyiça topşiriqlar berilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: