USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Andijonda Qirğizistonning Boş konsulxonasi oçiladi

37 марта
Андижонда Қирғизистоннинг Бош консулхонаси очилади

Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov Qirğiziston Respublikasining Özbekistonning Andijon şahrida Boş konsulxonasini oçiş töğrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Hujjatga köra, yangi diplomatik vakolatxonaning konsullik okrugi Özbekistonning uçta viloyatini – Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarini qamrab oladi.

Boş konsulxonaning asosiy vazifasi Özbekistonda bölib turgan Qirğiziston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş hamda ularga konsullik xizmati körsatişni taminlaşdan iborat.

Bundan taşqari, vakolatxonaning oçilişi ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy va madaniy hamkorlikni kengaytiriş hamda fuqarolar uçun yanada qulay şaroitlar yaratişga qaratilgan.

Vazirlar Mahkamasiga Boş konsulxonani oçiş bilan boğliq taşkiliy va moliyaviy masalalarni hal qiliş hamda zarur normativ-huquqiy hujjatlarni farmonga muvofiqlaştiriş topşirilgan.

Farmon 10 kundan keyin kuçga kiradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: