USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Japarov prezidentlik sayloviga aralaşgan amaldorlarni işdan haydaşni buyurdi

98 марта
Жапаров президентлик сайловига аралашган амалдорларни ишдан ҳайдашни буюрди

Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov keça, 25 sentyabr kuni 2027 yil boşida ötişi rejalaştirilgan prezidentlik saylovini erkin va şaffof ötkaziş çora-tadbirlari töğrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Qirğiziston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga köra, öqituvçilar, öquvçilar, pedagoglar, talabalar, tibbiyot xodimlari, ijtimoiy xizmatlar va boşqa davlat hamda munitsipal (özini özi boşqariş huquqiga ega bölgan) taşkilotlar xodimlarini nomzodlar foydasiga saylovoldi taşviqotiga jalb qiliş taqiqlanadi.

Şunga köra, Qirğiziston Vazirlar Mahkamasiga saylovoldi taşviqotida qonunga xilof ravişda iştirok etgan yoki xizmat mavqeidan nomzodlar manfaati yölida foydalangan mansabdor şaxslarni intizomiy javobgarlikka tortiş topşirilgan.

Zarur hollarda bunday rahbarlar va xodimlarni lavozimidan ozod qiliş çoralari ham körilişi belgilangan.

Qayd etilişiça, farmon davlat va munitsipal organlarning saylov jarayoniga aralaşuvi hamda mamuriy resursdan foydalanişning oldini olişga qaratilgan. Markaziy saylov komissiyasiga saylov qonunçiligini bir xil tarzda qöllaş va fuqarolarni saylov jarayoni haqida xabardor qiliş böyiça qöşimça çoralar köriş tavsiya etilgan.

Hujjatda xalqaro kuzatuvçilarning Qirğiziston qonunçiligiga muvofiq saylov jarayonida iştirok etişi ham nazarda tutilgan.

Malumot uçun, Qirğiziston Jogorku Keneşi prezidentlik saylovini 2027 yil 27 yanvar kuniga belgilagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov navbatdagi prezidentlik saylovida iştirok etib, ikkinçi muddatga saylaniş uçun nomzodini qöyiş niyati borligini bildirgandi.

Joriy yil 24 sentyabr kuni esa Qirğizistonning sobiq içki işlar vaziri, siyosatçi Omurbek Suvonaliyev ham prezidentlik saylovida nomzod sifatida qatnaşiş niyati borligini aytgandi. Suvonaliyev, şuningdek, Qirğizistonda siyosiy maydon sönggi yillarda ança qisqargani, ayrim siyosatçilarning hibsga olingani yoki siyosiy faoliyati çeklangani haqida ham gapirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: