USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qirğizistonda prezidentlik saylovlari sanasi özgardi

130 марта
Қирғизистонда президентлик сайловлари санаси ўзгарди

Jogorku Keneş (parlament) reglamentida Qirğiziston prezidentining navbatdagi saylovlari sanasi özgartirildi. Hujjatda oktyabr oyining 3-yakşanbasi örniga endi yanvarning 4-çorşanbasi körsatilgan. Tuzatişlar haqidagi hujjatni davlat rahbari Sadir Japarov imzolagan.

Qayd etilişiça, tuzatiş reglamentning 132-moddasiga tegişli. Saylov sanasi avvalroq köçirilgandi – u saylovlar töğrisidagi konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlab qöyilgan edi. Biroq Jogorku Keneş reglamentida avvalgi şakllantiriş saqlanib qolgan. Endi hujjatlar bir-biriga muvofiqlaştirilgan.

Saylov töğrisidagi qonunga köra, navbatdagi ovoz beriş amaldagi prezidentning vakolat muddati tugaydigan yilning yanvar oyidagi 4-çorşanbasida ötkaziladi. 2027 yilda bu 27 yanvarga töğri keladi. Parlament saylovlarni ovoz beriş kuniga kamida tört oy qolganda tayinlaşi kerak.

Reglamentga tuzatiş kiritiş töğrisidagi qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuçga kiradi.

Malumot uçun, Qirğizistonda oxirgi prezidentlik saylovi 2020 yil oktyabr oyidagi parlament saylovlaridan söng yuzaga kelgan siyosiy inqiroz va sobiq prezident Sooronbay Jeenbekovning istefosi ortidan 2021 yil 10 yanvarda muddatidan ilgari ötkazilgan edi. Uşbu saylovda saylovçilarning 39,7 foizi iştirok etgan va unda Sadir Japarov 79,2 foiz ovoz töplab, işonçli ğalabani qölga kiritgan. Navbatdagi prezidentlik saylovlari 2027 yil 27 yanvar, çorşanba kuni bölib ötadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Sadir Japarov “Qirğiziston Respublikasi Prezidenti va Qirğiziston Respublikasi Jogorku Keneşi deputatlari saylovi töğrisida”gi Qirğiziston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuniga özgartişlar kiritiş haqida”gi konstitutsiyaviy qonunni imzolagani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: