USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şovot böyida oriyatsizlik avj oldimi? Yoşlar orasida şarm-hayo nega yöqolib bormoqda?

7 038 марта
Şovot böyida oriyatsizlik avj oldimi? Yoşlar orasida şarm-hayo nega yöqolib bormoqda?

Urganç şahrining Şovot böyi — aholi köp töplanadigan, oilaviy dam oliş uçun ajratilgan jamoat hududi hisoblanadi. Ammo sönggi vaqtlarda bu maskanda bazi yoşlar orasida oriyatsizlik, oçiqça oğiz-burun opişiş holatlari köpayib borayotgani aholini taşvişga solmoqda.

Gunohi kimda — yoşlardami, tarbiyadami yoki nazorat qiluvçi xizmatlarda?

Har kuni minglab oila va bolalar dam oladigan joyda yoşlar tartib va odob-axloq qoidalarini unutib, heç qanday şarm-hayosiz xatti-harakatlar qilişyapti. Eng alamlisi, ular yonidan ötib ketayotgan qizlar, bolalar va yoşi kattalarga ham etibor berişmayapti.

Aholi etiroziga qaramay, Şovot böyida jamoat tartibini nazorat qilişi kerak bölgan milliy gvardiya yoki patrul-post xizmati xodimlari körinmaydi yoki bunday holatlarga köz yummoqda.

Jamoat nazorati kuçaytirilsin!

Fuqarolar fikriça, bu kabi joylarda patrul xizmati muntazam reyd ötkazişi, tartibga rioya qilmaganlarga eslatma beriş yoki mamuriy çora körişi şart.
Bir vaqtning özida ota-onalar ham farzand tarbiyasida masuliyatni kuçaytirişi kerak. Axir odob-axloqning ildizi — oilada yotgani heç kimga sir emas.

Manaviyat — jamoatning qölida!

Oriyatsizlikka befarq qaramaslik — har bir fuqaroning ham insoniy burçi. Agar Şovot böyi haqiqatan ham oilaviy dam oliş joyi bölib qolişini istasak, barçamiz javobgarlikni his qilişimiz şart.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: