Mobiuz abonentlari Buxoro va Samarqandda har soniyada 6 GB internet sarflamoqda
2026 yilning yetti oyi davomida Mobiuz ikki viloyatda 180 dan ortiq yangi 4G LTE standartidagi tayanç stantsiyalarini işga tuşirdi. Natijani asosiy körsatkiç – abonentlar foydalanayotgan internet hajmidan ham bilsa böladi.
Bu sayyohlar uçun nimani anglatadi?
Buxoro va Samarqand – Özbekiston sayyohlik xaritasidagi asosiy manzillardir. 2026 yilning birinçi yarim yilligida mamlakatimizga 6,5 milliondan ortiq xorijiy sayyoh taşrif buyurdi va bu oqimning salmoqli qismida aynan şu ikki viloyatning hissasi katta.
Mobiuz malumotlariga köra, zamonaviy sayyoh deyarli doimo onlayn böladi: notaniş şahar böylab harakatlanişda navigator işlatadi, sotuvçi bilan suhbatda onlayn tarjimondan foydalanadi, karta orqali onlayn tölov qiladi, izoh qoldiradi, storislar joylaydi, uyga videoqönğiroq qiladi …
Sayyohlar odatda bir xil manzillarda va bir xil vaqtda töplanadi. Registon, Göri Amir, Şohi Zinda, Labi Hovuz, Ark va boşqa önlab maskanlar şular jumlasidan. Bu esa tarmoq uçun kiçik bir hududda eng yuqori yuklama deganidir. Bularning barçasi Mobiuz mutaxassislari tomonidan rejalaştiriş bosqiçida – yangi stantsiya örnatiş yoki mavjudini modernizatsiya qilişdan avval hisobga olinadi.
Bu mahalliy aholi uçun nimani anglatadi?
Samarqand viloyati mamlakatimizning aholisi eng ziç joylaşgan hududi hisoblanadi: bu yerda qariyb 4,4 million kişi istiqomat qiladi. Buxoro viloyatida esa bu körsatkiç 2,1 milliondan oşadi. Bunday ziçlik tarmoqqa alohida talablar qöyadi.
Tarmoqlarga eng katta yuklama odamlar işdan uyga qaytadigan vaqt – keçki paytga töğri keladi. Darslar, seriallar, xorijdagi yaqinlarga videoqönğiroqlar, kommunal tölovlar, onlayn böliş va hokazo bu yuklamani belgilab beradi.
Tarmoqlar har qanday vaziyatga ham bardoş bera olişi kerak.
Asosiy körsatkiç – malumotlar hajmi
Tarmoq rivojlanayotganini körsatib turuvçi yaqqol körsatkiçi bor – bu uzatilgan malumotlar hajmidir. Boşqaça aytganda, bu abonentlar amalda qança internet sarflayotganining körsatkiçi.
Mobiuz’ning Buxoro viloyatidagi abonentlari tarixiy körsatkiçni zabt etdi: hozirda ular bir oyda 4 million gigabaytdan ortiq mobil internet sarflamoqda. Aniqroq tasavvur qiliş uçun, bu 4 million soatlik videoqönğiroq yoki 456 yillik uzluksiz videomuloqot deganidir.
Samarqand viloyatida istemol hajmi bundan ham yuqori – oyiga 10 million gigabayt. Bu Buxorodagidan 2,5 baravar köp bölib, 6,7 millionta körilgan filmga tengdir.
Rejalar qanday?
Mamlakatimizning boşqa hududlari singari Buxoro va Samarqand viloyatlarida ham texnik işlar davom etmoqda. Yangi tayanç stantsiyalari işga tuşirilmoqda, mavjudlarining siğimi kengaytirilmoqda, çastota resursi esa bosqiçma-bosqiç 4G LTE ehtiyojlariga ötkazilmoqda.
Ustuvor vazifa özgarmagan: odamlar har kuni yaşaydigan va işlaydigan joylarda barqaror aloqa hamda qamrovni taminlaşga asosiy etibor qaratilmoqda.
Mobiuz’ning texnik rivojlanişi haqidagi batafsil malumotlarni pr.mobi.uz saytida öqing.