Talaş bölgan Çorvoqdagi “Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi qanday qurilyapti?
Ekologiya, kanalizatsiya, millionlab daraxtlar, bepul plyajlar va mahalliy aholi uçun oçiq hududlar – tadbirkor Emin Agalarov ötgan yili Çorvoqdagi “Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi taqdimotida bir qator vadalarni bergandi. Ammo oradan bir yil ötdi. Şunça vada bergan Emin Agalarovning Agalarov Development kompaniyasi tomonidan Toşkent viloyatidagi Çorvoq suv ombori sohilida qurilayotgan “Sea Breeze Uzbekistan” loyihasida quriliş işlari bugun qanday ketmoqda? Quriliş maydonida ekologik xavfsizlik böyiça nimalar qilinyapti? Oqova suv masalasi qanday hal etilyapti? Şu savollarga javob topiş maqsadida QALAMPIR.UZ quriliş jarayonini örgandi.
.jpg)
Mazkur loyihaning birinçi bosqiçida 190 gektar maydonda quriliş işlari boşlangan. Loyiha 2025-2035 yillar davomida bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Çorvoq suv omborining umumiy qirğoq çiziği 90 kilometrdan ortiq bölsa, “Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi şundan qariyb 7 kilometrlik hududda joylaşadi.
.jpg)
Loyiha vakillarining aytişiça, ayni paytda asosiy etibor quriliş jarayonining atrof-muhitga tasirini kamaytirişga qaratilgan. Xususan, quriliş vaqtida yuzaga keladigan çangni bostiriş uçun 7 ta suv purkagiç qurilmasi işlatilmoqda. Oğir texnikalardan foydalanilayotgani sababli yöllarda çang kötarilmasligi uçun ular muntazam ravişda suğorib turilibdi. Biroq quriliş maydonidagi asosiy savol faqat çang bilan boğliq emas.
.jpg)
Çorvoq böyidagi loyihada eng katta ekologik xavf – oqova suvlar masalasi. “Sea Breeze Uzbekistan”da esa oqova suvlarning suv omboriga tuşişiga yöl qöyilmasligi aytilgan. Loyiha malumotlariga köra, kurort majmuasining barça oqova suvlari kelgusida Çirçiq şahrining tozalaş tizimiga yönaltiriladi.

Ammo bu tizim hali töliq işga tuşirilmagan. Loyiha vakillarining malumotiga köra, 2026 yil oxirigaça uçta tozalaş inşootini xarid qiliş rejalaştirilgan. Qurilişning hozirgi bosqiçida doimiy tozalaş inşootlariga hali ehtiyoj mavjud emas, çunki turar joy obektlari foydalanişga topşirilmagan. Hozirça esa quriliş şaharçasida germetik yiğiş siğimlaridan foydalanilmoqda. Ular maxsus assenizatsiya texnikasi yordamida böşatib turiladi.
.jpg)
Hozirgaça esa loyiha hududida 1 mingdan ortiq daraxt va ösimlik ekilgan. Yana mingdan ortiq köçat ekiş işlari davom etmoqda. Loyiha vakillari mavjud daraxt va ösimliklarni imkon qadar saqlab qoliş, zarur hollarda esa ularni hududning boşqa qismiga köçirib ötkazişni rejalaştirayotganini bildirmoqda. Birinçi bosqiçda 700 metrdan ortiq obodonlaştirilgan yaşil hudud yaratiş rejalaştirilgan.
Loyiha atrofidagi bahslarning yana biri – plyajlar masalasi. Master-rejada esa Lighthouse, Park Residences, Marina Village va boşqa köplab obektlar közda tutilgan. Yani, bir tomonda – premium köçmas mulk, ikkinçi tomonda esa – ommaviy turizm. Loyiha bitgaç, manaşu hududda mahaliy aholi uçun bepul plyajlar taşkil etiladi.
“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasining birinçi bosqiçidagi quriliş jarayonlari bilan tanişar ekanmiz, çangni bostiriş uçun suv purkagiçlardan foydalanilayotgani, quriliş çiqindilarini olib çiqiş tizimi yölga qöyilayotgani va hududda daraxt ekiş işlari boşlanganiga guvoh böldik.
Hozirça oqova suvlar esa maxsus germetik, yani suv ötkazmaydigan siğimlarda yiğilayotgani aytildi. Loyiha vakillarining aytişiça, doimiy oqova suvlarni tozalaş tizimi kurortning keyingi bosqiçlarida yölga qöyiladi.
Şu bilan birga, loyiha hali töliq yakunlanmagan. Şu sababli, uning Çorvoq ekotizimiga uzoq muddatli tasiri haqida hozirning özida yakuniy xulosa çiqariş qiyin.
Loyihaning birinçi bosqiçida 1 000 tagaça iş örni, butun kurort rivojlanişi davomida esa qariyb 8 000 ta iş örni yaratiş rejalaştirilgan.
“Sea Breeze Uzbekistan” qurib bitkazilgaç emas, aynan quriliş jarayonidayoq ekologik standartlarga qanday rioya qilinayotgani jamoatçilik uçun muhim mezon bölib qoladi. Çunki loyihaning iqtisodiy samarasi bilan bir qatorda, uning Çorvoqning tabiiy muhitiga tasiri ham uzoq muddat davomida baholanadi. QALAMPIR.UZ esa loyiha rivojini va uning atrof-muhitga tasirini kuzatişda davom etadi.
Sayt | 71 215 55 55