BAA energiya inqirozi ortidan OPEC’ni tark etmoqda
29-04-2026, 23:16
110 марта

BAA energiya inqirozi ortidan OPEC’ni tark etmoqda
Birlaşgan Arab Amirliklari “mamlakatning milliy manfaatlari” yuzasidan OPEC (The Organization of the Petroleum Exporting Countries) va OPEC + ni tark etişini elon qildi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.Qaror rasman 1 maydan kuçga kirişi malum qilindi. Amirlikning mazkur qarori AQŞning Eronga hujumlari ortidan kelib çiqqan global neft inqirozi ortidan röy bermoqda. Bugun, 29 aprel kuni BAA Energetika vazirligi uşbu qarorni tasdiqlab rasmiy bayonot bilan çiqdi.
“Biz uşbu qarorni BAAning uzoq yillik strategik va iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlanişda davom etişini közlab qabul qildik. Taşkilotdagi faoliyatimiz davomida ittifoqdoşlarimiz manfaatlari uçun katta hissamizni qöşdik, ammo talofatli yöqotişlarni ham boşdan keçirdik. Bunday keyingi siyosiy qarorlarimizni mamlakatimizning milliy manfaatlariga qaratiş vaqti keldi”, deyiladi amirlik Energetika vazirligining rasmiy bayonotida.
Şuningdek, mamlakat Energetika vaziri Suhayl Muhammad al-Mazruiy “Reuters”ga bergan intervyusida OPEC’ning uzoq yillik hamkori bölgan BAAning taşkilotdan çiqib ketişi global neft bozorida yirik böşliq hosil qilişini aytgan. Bundan taşqari, u qaror sinçkovlik bilan körib çiqilganidan söng qabul qilinganini va mamlakat uşbu jarayonda heç qaysi davlat bilan maslahatlaşmaganini bildirgan.
Eronning Hormuz böğozini yopib qöyişi Fors körfazidan neft import qiladigan davlatlarda global energiya inqirozini keltirib çiqarmoqda. Hormuz böğozidan dunyodagi neft va tabiiy gazning beşdan bir qismi ötadi.