Kubada energiya inqirozi: samolyotlar endi yonilği quyolmaydi
11-02-2026, 08:47
208 марта

Kubada energiya inqirozi: samolyotlar endi yonilği quyolmaydi
Bugun, 10 fevraldan boşlab joriy yilning 11 martigaça Kuba hukumati yetti yirik aeroport, jumladan, Gavana şahridagi Joze Marti xalqaro aeroportida samolyotlarni yonilği bilan taminlamaydi. Bu qaror orolda energiya inqirozi kuçayganini bildiradi va mamlakat turizm sohasi uçun jiddiy xavf tuğdiradi. Bu haqda “Ap News” xabar berdi.Xabarda keltirilişiça, hukumat mazkur qarorni AQŞning neft blokadasi oqibatida orolning asosiy neft manbalariga, xususan, Venesuela va Meksikaga kirişi töxtatilganidan söng qabul qilgan. Oqibatda Air Canada va boşqa aviakompaniyalar parvozlarni töxtatgan. Şuningdek, bazi reyslar Meksika va Dominikan Respublikasida qöşimça yonilği oliş orqali davom ettirilmoqda.
Kubaning iqtisodiyoti asosan turizmga tayanadi, bu soha bir vaqtlar yillik 2,5 milliard yevro daromad keltirgan. AQŞ sanktsiyalari orol iqtisodiyotini 60 yildan ortiq vaqt davomida qiyinlaştirib kelmoqda. Yaqinda Tramp Venesueladan Kuba uçun neft yetkazilmasligini va yangi tariflarni joriy qilişni buyurdi. Bu esa vaziyatni yanada oğirlaştirdi.
Şuningdek, energiya inqirozi oqibatida Gavana Xalqaro kitob yarmarkasi kabi yirik tadbirlar bekor qilindi, beysbol mavsumi taqvimi qayta tuzildi. Banklar iş vaqtini qisqartirdi, yonilği dollar evaziga va foydalanuvçi boşiga 20 litr bilan çeklangan. Jamoat transporti deyarli töxtab qolgan. Aholi esa kuniga 10 soatgaça elektrsiz hayot keçirmoqda.