Qora dengizda yuzlab delfinlar nobud bölmoqda
21-12-2025, 09:20
117 марта

Qora dengizda yuzlab delfinlar nobud bölmoqda
Qora dengizning Kerç böğozida yonilği moyi tökilişi ortidan bir yil içida 688 ta ölik delfin topildi. Delfinlarning ölimi yana bir neça yil davomida oşişi mumkin. Bu haqda Delfa suv sutemizuvçilarini qutqariş ilmiy va ekologik markazi xabar berdi.Taşkilot malumotiga köra, yonilği tökilganidan keyingi birinçi oyda delfinlarning ölimi sezilarli darajada oşgan. Ekologik falokat oqibatlari kelgusi bir neça yil davomida sezilişi mumkin. Bularga turli kasalliklarning köpayişi, ölimning doimiy yuqori darajasi va organizmda toksinlar töplanişi tufayli tuğilişning pasayişi kuzatilişi taxmin qilinmoqda.

Taşkilotning qöşimça qilişiça, qirğoqda topilgan barça delfinlar yonilği moyining tökilişidan ölgan bölişi mumkin emas. Sutemizuvçilarning ölimi sonining keskin oşişi qirğoqqa çiqiş mavsumida hamda oktyabr oxiri va noyabr oylarida ham qayd etilgan.
Malumot uçun, 2024 yil 15 dekabrda Kerç böğozida böron paytida Volgoneft-212 va Volgoneft-239 tankerlari ağdarilib ketgan. Oqibatda bir dengizçi halok bölgan. Tankerlarda 9200 tonna yonilği mazuti bölgan, şundan taxminan 2400 tonna neft mahsulotlari suvga tökilgan.
Buning ortidan 2025 yil yanvar oyi boşida Qora dengizda 30 dan ortiq delfin nobud bölgan. Rossiya Tabiiy resurslar vazirligining malumotlariga köra, Anapaning yonilği moyi bilan ifloslangan plyajlari 2026 yil yoziga qadar tiklanadi.