USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Oltin oşsa nima böladi? Oltin tuşsa nima böladi?

954 марта
Oltin oşsa nima böladi?
Oltin tuşsa nima böladi?

Asosiy stsenariyga köra, oltin narxining nisbatan yuqori darajada saqlanib qolişi taxminlari bazaviy omil sifatida belgilangan. Global noaniqliklar şaroitida oltinga bölgan talab oşib boradi va uning narxlari yuqori darajalarda şakllanişda davom etadi.  Xalqaro konsensus prognozlarga köra, oltinning narxi 2026 yil birinçi yarmida ösuvçi dinamikada (örtaça yillik 3800-4000 dollar/troy untsiya atrofida) va  2027 yildan pasayuvçi trendga ötişi prognoz qilinmoqda.

Lekin oltin narxining keskin oşişi ham, keskin tuşişi ham talab bilan boğliq şoklar yaratadi.

Oltin narxining keskin oşişida nima böladi?

Kelgusi yillarda ham joriy noaniqliklar yanada kuçayib, oltinga talab yuqori darajada qolişi böyiça ehtimollar mavjud. Şu bilan birga, AQŞ hukumati tomonidan Federal Zaxira Tizimining (FZT) foiz siyosati böyiça bayonotlari FZT mustaqilligi böyiça 
xavotirlarni yuzaga keltirmoqda. Mazkur omillar fonida oltin narxining ösiş suratlari asosiy stsenariyga nisbatan yuqori şakllanib, 1 troy untsiyasi uçun 5000-5500 dollargaça yetişi böyiça ehtimollar mavjud. 
Uşbu şok yuz berganda, byudjetning oltin işlab çiqarişdan oladigan daromadlari ortib, yalpi talab kengayişiga xizmat qiladi. Bu esa, iqtisodiy ösişni qöllab-quvvatlaş bilan birga, inflyatsion 
bosimlarni kuçaytiradi. 
Şu bilan birga, oltin eksporti hisobidan içki valyuta bozorida taklif köpayişi almaşuv kursi mustahkamlanişiga turtki berib import inflyatsiyasini pasaytiruvçi ahamiyatga ega böladi. 
Uşbu şok tasirida inflyatsiya darajasi asosiy stsenariyga nisbatan 0,1-0,2 foiz bandga pasayişi va YaIM darajasi 0,3-0,5 foiz bandga yuqori şakllanişi mumkin.

Oltin narxining keskin pasayişida nima böladi?

Kelgusida geosiyosiy ziddiyatlarning barham topişi, rivojlanayotgan davlatlarda investitsion muhitning sezilarli 
yaxşilanişi fonida oltin narxining asosiy stsenariyga nisbatan keskin pasayişi (1 troy untsiyasi uçun 2500-2700 dollargaça tuşişi) byudjet daromadlarini kamaytiradi. Şuningdek, narx hisobiga oltin eksportidan tuşumlar qisqarişi içki valyuta bozorida taklifni kamaytirib, almaşuv kursiga oşiruvçi bosimga ega böladi. Bu, öz navbatida, import inflyatsiyasi oşişiga sabab bölişi mumkin. Uşbu şok tasirida inflyatsiya darajasi asosiy stsenariyga nisbatan 0,5-0,6 foiz bandga oşişi va YaIM darajasi 0,25-0,35 foiz bandga pasayişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: