Moskvada 3 nafar markaziy osiyolik zaharlanib vafot etdi
30-04-2026, 19:23
223 марта

Moskvada 3 nafar markaziy osiyolik zaharlanib vafot etdi
Rossiyaning Moskva şahrida uç nafar qirğizistonlik is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda “Turmuş” xabar berdi.Qayd etilişiça, ular Moskvadagi Dmitrov qişloğidagi qurilişda işlagan va quruvçilar uçun örnatilgan konteyner içida is gazidan zaharlanib vafot etgan. Ularning jasadlari bugun, 30 aprel kuni Qirğizistonga jönatilmoqda.
Marhumlar Qirğizistonning Jalolobod viloyati Bozor-Qörğon tumanidan bölgan. Halok bölganlardan biri – 21 yoşli Mizambek bölib, qişloqdoşlarining aytişiça, u joriy yilning 5 may kuni uyiga qaytiş uçun aviaçipta sotib olgan.
“Yoş yigitlarning ölimi barçamiz uçun oğir yöqotiş böldi. Mizambek oiladagi tönğiç farzand edi. U oliy öquv yurtiga sirtqi bölimga öqişga kirgan. Ötgan yili esa ota-onasiga yordam beriş uçun Rossiyaga işlaşga ketgan. Avval oşxonada işlagan, yaqinda qurilişga ötgandi. Bu yil öqişini tugatişi kerak edi va 5 may kuniga çipta ham olgan edi. Ertaga soat 11:00 da uni dafn etişmoqçi”, deydi qişloq aholisidan biri.
Malumotlarga köra, ikkinçi yigit 29 yoşda bölgan. Uning ortida turmuş örtoği va farzandlari qolgan. Uçinçi marhumning şaxsi hozirça aniqlanmagan, biroq u ham şu hududdan bölgani aytilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Qirğiziston Taşqi işlar vazirligi hozirda elçixona bilan birgalikda voqea tafsilotlarini aniqlayotganini hamda jasadlarni vatanga qaytariş çoralarini körayotganini malum qilgan.