Yaqin Şarqdagi uruşning oqibati dunyo uçun halokatli böladi – Guterriş
1-05-2026, 07:59
119 марта

Yaqin Şarqdagi uruşning oqibati dunyo uçun halokatli böladi – Guterriş
Yaqin Şarqdagi mojaro dunyo iqtisodiyoti uçun halokatli oqibatlarga olib keladi. Bu haqda BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş jurnalistlar bilan suhbatda söz oçdi.Boş kotibning fikriça, Erondagi nizo fonida mahsulot yetkazib berişdagi uzilişlar yil oxirigaça saqlanib qolsa, dunyoga global retsessiya xavf soladi. Uning sözlariga köra, oqibatlar dahşatli böladi.
“Uçinçi stsenariyga köra, jiddiy uzilişlar yil oxirigaça davom etadi. Biz odamlarga, iqtisodiyotga, şuningdek, siyosiy va ijtimoiy barqarorlikka qaqşatqiç zarba beradigan global retsessiya şarpasiga duç kelmoqdamiz. Bu oqibatlar şunçaki qöşilmaydi – ular geometrik progressiyada ösib boradi”, deydi Guterriş.Eng vayronkor zarba rivojlanayotgan mamlakatlarga töğri keladi. BMT Boş kotibi uşbu davlatlarning inqirozga qarşi turiş qobiliyati oğir qarzlar yuki tufayli falaj bölganini qayd etgan.
Inqiroz iş örinlarining ommaviy yöqolişiga, qaşşoqlik darajasining yanada oşişiga va uşbu mintaqalardagi oçlik muammosining keskinlaşuviga olib keladi. Guterrişning sözlariga köra, bu – muqarrar. BMT rahbari Yaqin Şarqdagi nizo oqibatlari har soatda oğirlaşib borayotganini qayd etgan