BMT Hormuz orqali ötişni taminlaş uçun maxsus guruh tuzmoqda
28-03-2026, 20:30
122 марта

BMT Hormuz orqali ötişni taminlaş uçun maxsus guruh tuzmoqda
Yaqin Şarqdagi vaziyat keskinlaşuvi fonida BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş global oziq-ovqat inqirozining oldini oliş va öğitlar savdosiga kömaklaşiş uçun maxsus mexanizm yaratiş taşabbusi bilan çiqdi. Bu haqda BMT Yangiliklar xizmati xabar berdi.Malumotlarga köra, Yaqin Şarqdagi davom etayotgan mojaro va uning kengayiş xavfi global logistikani buzmoqda. Hormuz böğozida kemalar qatnovining töxtab qolişi “domino effekti”ni keltirib çiqarişi va yaqin oylarda dunyodagi gumanitar holat hamda qişloq xöjaligi işlab çiqarişi hajmiga bevosita zarba berişi mumkin.
Uşbu muammolarga tezkor javob qaytariş uçun Antoniu Guterriş ixtisoslaştirilgan maqsadli guruh tuzdi. Tuzilmaga rahbarlik qiliş BMT Boş kotibi örinbosari va Loyihalarga xizmat körsatiş boşqarmasi (UNOPS) ijroçi direktori Jorje Moreyra da Silvaga topşirildi.
Guruh tarkibiga, şuningdek, asosiy xalqaro institutlar: BMTning Savdo va taraqqiyot konferentsiyasi (UNCTAD), Xalqaro dengiz taşkiloti (IMO) va Xalqaro savdo palatasi (ICC) kirdi.
Tuzilmaning ustuvor yönalişi Hormuz böğozi hududidagi gumanitar muammolarni hal qilişga qaratilgan texnik mexanizmlarni işlab çiqiş böladi. Zarurat tuğilganda, işga qöşimça ekspert muassasalari ham jalb qilinadi.
BMT uşbu yangi taşabbus taşkilotning avvalgi tajribalariga, xususan, Yamandagi tekşiriş va monitoring mexanizmi, Qora dengiz ğalla taşabbusi hamda Ğazoga gumanitar yordam yetkaziş böyiça 2720-sonli mexanizmni amalga oşiriş tajribasiga asoslanganini takidlamoqda.
Guruhning asosiy maqsadi – öğitlar va ularni işlab çiqariş uçun xomaşyo savdosining uzluksizligiga kömaklaşişdir. BMT mexanizmni işga tuşiriş azo davlatlar bilan yaqin hamkorlikda, ularning milliy suverenitetini töliq hurmat qilgan holda va xalqaro huquq doirasida amalga oşirilişini qayd etgan.
Boş kotib muammoning keng qamrovli va uzoq muddatli yeçimini topişga sodiqligini tasdiqlagan. Biroq mintaqadagi beqarorlikning iqtisodiy va gumanitar oqibatlarini yumşatiş uçun zudlik bilan harakat qiliş zarurligini takidlagan.