Bankdagi öğrilikda ikki xodim otib öldirildi
1-05-2026, 19:56
1 101 марта

Bankdagi öğrilikda ikki xodim otib öldirildi
Joriy yilning 29 aprel kuni AQŞning Kentukki ştatidagi bank öğirligida ikki xodim otib öldirildi. Gumonlanuvçi qidirilmoqda. Bu haqda ABC News xabar berdi.Qayd etilişiça, gumondor mahalliy vaqt bilan soat 14:00 atrofida Berea şahridagi Çestnat köçasida joylaşgan AQŞ bankiga kirib, ikki xodimni otib taşlagan, söng qoçib ketgan.
“Biz Berea va Medison okrugi fuqarolarini tuşunamiz, ular hozir qörqişadi va biz ular uçun qörqamiz. Biz bu odamni topiş va uni javobgarlikka tortiş uçun qölimizdan kelganini qilamiz”, deydi Kentukki ştati politsiyasi xodimi Skott Pennington.Ştat politsiyasining malumotlariga köra, gumondorning böyi taxminan 1,90 sm, oç rangli sviter, töq rangli qölqop, kulrang şim va oç rangli sport poyabzali kiyib olgan. Gumondorning bankdan biror narsa olib ketgan yoki ketmagani, şuningdek, uning piyoda yoki transport vositasida bölganligi nomalum.
Politsiya rasmiylari aholini huşyor bölişga, eşiklarini qulflab qöyişga va şubhali biror narsa körsa, politsiyaga qönğiroq qilişga çaqirgan.
“Ayvondagi çiroqni yoqib qöying. Biz uşbu voqea köproq qurbonlar bölişiga olib kelişini istamaymiz. Umid qilamizki, u şunçaki özini topşiradi”, deydi Skott Pennington.