USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp qarorgohiga bostirib kirmoqçi bölgan qurollangan yigit otib taşlandi

298 марта
Tramp qarorgohiga bostirib kirmoqçi bölgan qurollangan yigit otib taşlandi

Bugun, 22 fevral kuni ertalab ov miltiği bilan qurollangan şaxs Donald Trampning Palm-Biç şahridagi Mar-a-Lago qarorgohiga bostirib kirmoqçi böldi. AQŞ Maxfiy xizmati va mahalliy politsiya malumotiga köra, u kurortning qöriqlanadigan hududiga ötmoqçi bölganda otib taşlangan.

Malum qilinişiça, voqea mahalliy vaqt bilan tungi soat 01:30 atrofida yuz bergan. Taxminan 20 yoşlar atrofidagi yigit ov miltiği va yonilği töldirilgan idiş bilan qarorgohda paydo bölgan.

Palm-Biç okrugi şerifi Rik Bredşouning matbuot anjumanida malum qilişiça, uni ikki nafar Maxfiy xizmat agenti va şerif örinbosari töxtatib, qölidagi narsalarni taşlaşni buyurgan. Yigit kanistrni yerga qöygan. Biroq ov miltiğini “öq uziş pozitsiyasiga” kötargandan söng huquq-tartibot xodimlari tomonidan otib taşlangan.

Voqea sodir bölgan vaqtda prezident Donald Tramp va birinçi xonim Melaniya Tramp Mar-a-Lagoda bölmagan. Ular bu paytda Vaşingtonda edi. Holat yuzasidan tergovni AQŞ Federal qidiruv byurosi (FBI) olib bormoqda. Hozirça erkakning maqsadi va harakat motivlari nomalumligiça qolmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: